2.To’lov talabnomalar bilan hisob-kitoblar To’lov talabnoma – bu mablag oluvchining begilangan so’mmani to’lovchi tomonidan bank orqali to’lashi to’ђrisidagi talabini o’z ichiga olgan hisob – kitob xujjatidir.
Talabnomalar yuklab junatilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, kursatilgan xizmatlar, shuningdek tomonlar shartnomasida ko’zda tutilgan boshqa to’lovlar uchun quyilishi mumkin.
Talabnomalar tomonlar o’rtasida to’zilgan shartnomaga asosan akseptli va akseptsiz bo’lishi mumkin.
Bank tomonidan to’lovchilarga talabnomalarni quyidagi akseptlash tartibi va muddati belgilangan:
- Bir xudud ichida joylashgan mijozlar uchun – talabnomalarni banka kelib tushgan kunidan tashqari 3 ish kunida
- Boshqa xududlarda joylashgan mijozlar uchun talabnomalar bankka kelib tushgan kunidan tashqari 5 ish kunida
- To’lovchining asosli iltimosiga ko’ra 10 ish kunigacha
Belgilangan muddatda korxona yozma ravishda akseptlashni rad etmasa talabnoma akseptlangan hisoblanadi.
To’lovchining hisobvaraђida mablaђlar yetarli bo’lmaganda talabnoma to’lovini bank qisman amalga oshiradi. Šolgan so’mmadagi talabnoma 2 – kartotekaga joylashtiriladi, bunda talabnomaning orqa tomonida to’langan so’mma yozib ko’rsatiladi.
Talabnoma akseptlashdan qisman bosh tortganda to’lovchi tomonidan akseptlangan so’mma bo’yicha to’lovlar amalga oshriladi, mablaglar bo’lmaganda esa 2–kartotekaga joylashtiriladi. Talabnomaning dastlabki so’mmasi aylanaga olinadi va yoniga to’lovchi akseptlagan talabnoma so’mmasi quyiladi. Bunda bank to’lovchi tomonidan akseptlashni qisman rad qilganligi to’ђrisida mablaђlar oluvchining bankiga yozma ravishda xabar berishi shart.
Akseptsiz tulanadigan to’lov talabnomalari to’lovchilarning hisob varaqlaridan mablaglarni akseptsiz hisobdan chiqarishda quyidagi xollarda amalga oshiriladi.
a) Elektr va issiklik energiyasi uchun hisob – kitoblarda. Bu xolda talabnoma ajratilgan elektr va issiqlik energiyasi uchun mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan bevosita iste’molchiga xizmat kursatuvchi bankka quyiladi.
b) Šarzdor tomonidan talabnoma da’vo so’mmasi tan olinganligi xakida javob xatining asl nusxasi ilova qilinganda
v) Šonunchilikda to’ђridan – to’ђri ko’zda tutilgan boshqa xollarda
Ulchov asboblari kursatkichlari va amaldagi tariflar asosida yozilgan elektr va issiqlik energiyasi uchun hisob – kitoblarda «To’lov maqsadi» grafasida «Ulchov asboblari ko’rsatkichlari» yoki «tarif asosida» degan yozuv kursatiladi.
Talabnomaning yukori burchagiga «Akseptsiz» degan so’z yoziladi yoki yozuv yozilgan muxr qo’yiladi. Bank ilova qilingan xujjatlarning talabnomada ko’rsatilgan rekvizitlariga mosligini tekshiradi.
To’lovchining bankida amaliyot (operasiyaon) kuni davomida kelib tushgan akseptsiz to’lanadigan talabnomalar shu kunning o’zidayoq to’lanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, agar to’lovchining hisob varaђida mablaђlar mavjud yoki yetarli bo’lmasa talabnomaning to’lanmagan so’mmasi ikkinchi kartotekadagi hisobvaraqlarga joylashtiriladi.