Toshkent arxitektura qurilish instituti o. Sh. Mamanazarov loyiha boshqaruvi


aylanishi 8 bosqichdan iborat boʻlgan toʻrt jarayondan iborat:  I. Rejalashtirish



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/76
tarix24.02.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#85479
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   76
aylanishi 8 bosqichdan iborat boʻlgan toʻrt jarayondan iborat: 
I. Rejalashtirish: 
1) muammoni aniqlash; 
2) mavjud vaziyatni tahlil qilish; 
3) muammoning sababi va ta’sirini (oqibatini) aniqlash; 
4) tuzatuv harakat rejasini ishlab chiqish. 
II. Bajarish: 
5) rejani bajarish. 
III. Nazorat: 
6) amalga oshirilgan ishlarning natijalarini rejalashtirilgan holda taqqoslash. 
IV. Harakat: 
7) muammoni qayta tiklashga yoʻl qoʻymaslik uchun zarur qadamlarni 
standartlashtirish; 
8) qolgan muammolarni hisobga olgan holda jarayonni takrorlash. 
 
 
 


93 
9.3. Loyiha sifatining xarajatlarini tasniflash 
Loyiha (xizmat) buyurtmachini qondirish uchun tegishli sifat darajasiga erishish 
uchun sarf-xarajatlarni baholash kerak. Ushbu xarajatlarning tasnifini koʻrib chiqamiz: 
nuqsonlarni oldini olish xarajatlari mijozlarni qoniqtiradigan harakatlar bilan 
bogʻliq boʻlib, loyihani qayta koʻrib chiqish, oʻqitish, sifatni rejalashtirish, yetkazib 
beruvchilarni va pudratchilarni tekshirish, jarayonni oʻrganish va jarayon bilan bogʻliq 
profilaktik choralar xarajatlarini oʻz ichiga oladi; 
- mijozning talablarini qondirish nuqtai nazaridan mahsulotni baholash qiymati 
mahsulotni tekshirish, laboratoriya testlari, yetkazib beruvchilarni nazorat qilish, 
ishlab chiqarish jarayonida sinovdan oʻtkazish xarajatlarini oʻz ichiga oladi; 
- ichki sabablarga koʻra ishlamay qolish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar 
tovarlarni iste’molchilar uchun maqbul deb hisoblash va qayta ishlash, ta’mirlash, 
ishdan boʻshatish vaqtini, nuqsonlarni baholashni, ishlab chiqarish chiqindilarini va bu 
xatolarni bartaraf etish uchun tuzatuvchi xatti-harakatlarni oʻz ichiga oladi; 
- tashqi sabablarga koʻra rad qilish xarajatlari iste’molchilar tomonidan 
mahsulotga boʻlgan da’volardan kelib chiqadi va tovarlarni qaytarish yoki tushirish 
xarajatlarini, talablarni baholashni, iste’molchiga ketish bilan tovarni tekshirishni, 
iste’molchi tashriflarini sifat talablari va kerakli tuzatuvchi xatti-harakatlarini oʻz 
ichiga oladi. 12-rasmda sifat bahosini optimallashtirish uchun an’anaviy model 
koʻrsatilgan. 
Ushbu modelni yaratish uchun bir qator taxminlarni hisobga olish kerak. 
Birinchidan, rad qilish bilan bogʻliq xarajatlar kamchiliklar sonining kamayishi 
bilan nolga intiladi. 
Ikkinchidan, mahsulotni baholash va kamchiliklarni bartaraf etish xarajatlari 
kamchiliklarni kamaytirish bilan birga abadiylikka intiladi. 
Loyihani amalga oshirish sifatini oshirishda Xalqaro standartlashtirish tashkiloti 
(International Organization for Standardization) muhim rol oʻynaydi. Xalqaro 
standartlar loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida mahsulotlarni qonuniy 
talablarga mos kelmasligi ehtimoli haqida ogohlantirish orqali iste’molchini 


94 
qondirishga qaratilgan sifat tizimlariga qoʻyiladigan talablarni oʻz ichiga oladi. Ular 
birlashtirilgan bu’lib, muayyan sohaga bogʻliq emas. 
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti tomonidan sifatni boshqarish boʻyicha 17 
ISO standartini ishlab chiqilgan. 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin