Toshkent arxitektura qurilish instituti qurilishni boshqarish fakulteti


Qurilish islox qilishning asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə6/18
tarix08.05.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#109402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
ҚҚИҚБ курс иши Эргашев И

Qurilish islox qilishning asosiy yo‘nalishlari

Ko‘rib chiqilgan masalalar qurilish iqtisodiyotini isloh qilishning butun milliy iqtisodiyot nuqtai nazaridan qaragandan majburiy chora emas, balki ob’ektiv 


zarurat va hatto davr talabidir, degan xulosa chiqarishga imkon beradi.
Iqtisodiyotning u yoki bu tarmog‘i “oqsayotgan” bo‘lsa,xo‘jalikni boshqarishda bozorga xos bo‘lmagan usullarni qo‘llayotgan bo‘lsa, bunday iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti deb bo‘lmaydi. Iqtisodiyotni (tarmoq iqtisodiyotini ham, milliy iqtisodiyotni ham) faqat boshqaruvning barcha pog‘onalarida, 
hamma joyda bozor mexanizmlari amal qilgan taqdirdagina bozor iqtisodiyoti
deb atash mumkin. Bunga erishmaguncha bozor iqtisodiyoti haqida jiddiy 
gapirish mumkin emas. 
Afsuski, bugungi kunda qurilish majmuasining ahvoli aytarlik yaxshi emas, 
bu tarmoq ilgari ham ob’ektlarning qurilishi haddan tashqari “uzoq vaqtga 
cho‘zilishi”, bitmagan qurilishlar soni ko‘payishi, kapital qo‘yilmalarning son-
sanoqsiz ob’ektlarga taqsimlanib ketgani, yo‘qotishlar, ishlab chiqarishga bog‘liq 
bo‘lmagan harajatlar va boshqalar tufayli har doim ham yaxshi ko‘rsatkichlarga 
ega bo‘lavermas edi. 
Bugungi kunda esa kapital qurilishni jonlantirish va uning samaradorligini 
oshirish uchun boshqacha chora-tadbirlar kerak bo‘lmoqda. Shu maqsadlarda 
«Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy 
yo‘nalishlari to‘g‘risida» O‘zbekiston respublikasi Prezidentining farmoni 
(06.05.2003 y., № PF-3240) e’lon qilindi. Unda asosiy yo‘nalishlar sifatida 
quyidagilar ko‘zda tutilgan: 
1) pudratchi qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalarini 
xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, qurilish 
boshqaruv tuzilmalarini ixchamlash va monopoliyadan chiqarish; 
2) xususiy qurilish firmalarini tashkil qilishni rag‘batlantirish, qurilish 
sohasida o‘rta va kichik korxona va tashkilotlarni, bozor infratuzilmasini 
rivojlantirish; 
3) kapital qurilishda pudrat va loyiha ishlari bozorini shakllantirish, qurilish 
faoliyatida shartnoma munosabatlarining rolini kuchaytirish, barcha joylarda 
buyurtmalarni joylashtirishda tenderlarni joriy qilish, qurilishni asosan 
foydalanishga tayyor holda («qulf-kalit»gacha) topshirish shartlari asosida amalga 
oshirish; 
4) investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslashlarni tayyorlash darajasini 
oshirish, ularni shakllantirish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibini
takomillashtirish, qurilishning moddiy-texnik bazasini yangilash; 
5)tarmoqni boshqarishning barcha bo‘g‘inlarida institutsional o‘zgarishlarni 
amalga oshirish, qurilish majmuasining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, 
bir-ikki bo‘g‘inli boshqaruv tizimlariga o‘tish; 

6)qurilish pudrat tashkilotlarida brigada pudratini joriy qilish, to‘lovni 


ishlarning tugallangan bosqichlarida amalga oshirish asosida ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning me’yorlari va mexanizmlarini takomillashtirish; 
7)qurilish-montaj ishlarining tannarxini kamaytirish, muddatlarini qisqartirish 
va sifatini oshirish. 
Bu choralar qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning 2005 yilga 
mo‘ljallangan muayyan Dasturi bilan mustahkamlangan bo‘lib, shu maqsadlarda 
uni amalga oshirish yuzasidan maxsus hududiy va vertikal komissiyalar 
tashkil qilingan. 
Quyida ko‘rsatilgan ob’ektlarning texnik-iqtisodiy asoslashlari Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi: 
a)xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilingan holda hukumat kafolati 
asosida amalga oshirilayotgan ob’ektlar, loyihaning qiymatidan qat’i nazar;
b) respublika investitsiya dasturiga kiritilgan, har yili davlat budjeti bilan 
birga tasdiqlanadigan ob’ektlar. 
Investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlari va boshqa kerakli 
hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagunga qadar 
belgilangan tartibda tegishli ekspertizadan o‘tishi lozim.
Investitsiya va qurilish 
loyihalarining tanlov asosida tanlab olinishi qurilish majmuasini tashkil qilish va
uni boshqarishdagi eng muhim nuqtalardan biriga aylanib bormoqda. 
U ayniqsa quyidagi hollarda keng qo‘llanilmoqda: 
loyihalash, injenerlik-tadqiqot ishlari, konstruktorlik ishlari va hokazo; 

 ishlab chiqarish va noishlab chiqarish bino va inshootlarini, korxoalarni 


qurish va texnik qayta jihozlashda, shu jumladan “qulf-kalit” qilib topshirishda; 
 komplekt texnologik asbob-uskunalar va boshqa mehnat vositalarini 
yetkazib berishda; 
loyihani boshqarishda, maslahat xizmati ko‘rsatishda, nazoratda. 

Tanlovlarning (tenderlarning) samarasini oshirish maqsadida va pudrat 


bozorida raqobatchilikni kuchaytirish maqsadida bu bozorda maxsus qoidalar va talablarga rioya qilingan holda xorijiy loyihalash va qurilish
kompaniyalarining qatnashishi ko‘zda tutilmoqda. Ya’ni qurilish majmuasi, butun iqtisodiyot kabi, avvalgi “yopiq” holatini yo‘qotib, mamlakatdagi qonunchilik doirasida xorijiy investorlar uchun ochiq bo‘lib bormoqda. 
Shu munosabat bilan investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishning va 
ekspertlarning malakasi, roli kuchayib bormoqda.
Ekspertlar kerakli professional ma’lumotga, tajribaga va kasbiy intuitsiyaga
ega bo‘lishlari lozim. Xorijiy amaliyotda ekspertlarning xulosasi, odatda, qayta
ko‘rib chiqilmaydi va hatto muhokama qilinmaydi. 
Bizning sharoitlarda ekspertlar sifatida boshqaruv organlarining mutaxassislari,
olimlar, tadqiqot va loyihalash tashkilotlarining xodimlari, turli sohadagi 
rahbarlar qatnashishi mumkin. Ekspertlarning vazifasi tashabbus-mantiqiy 
tahlil qilish va loyihada amalga oshirilgan hisob-kitoblarni tekshirib
ko‘rishdan iborat. Ekspertlarning xulosasi loyihaviy ishlanmalar uchun tenderda 
qatnashishga asos bo‘la oladi. 



Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin