Elementning bir massa qism vodorod, sakkiz massa qism kislorod bilan birika oladigan yoki shularga almashina oladigan miqdori uning kimyoviy ekvivalenti deb ataladi. Masalan, kalsiyning ekvivalenti 20 ga teng, chunki 8 g kislorod 20 g kalsiy bilan qoldiqsiz birikib, 28 g kalsiy oksid hosil qiladi. Murakkab moddaning bir ekvivalent (1 massa qism) vodorod yoki bir ekvivalent (8 massa qism) kislorod bilan yoxud, umuman, boshqa har qanday elementning bir ekvivalenti bilan reaksiyaga kirishadigan massa miqdori shu murakkab moddaning ekvivalenti deb ataladi. Ekvivalentlar qonuni quyidagicha ta’riflanadi: ^ Elementlar bir-biri bilan o‘zining ekvivaaentiga proporcional miqdorda birikadi. Masalan, 8 g kislorod bilan 20 g kalsiy birikadi; 16 g kislorod bilan 40 g kalsiy birikadi. Elementlarning ekvivalenti tajribada analiz, sintez va umuman kimyoviy reaksiya natijalari asosida hisoblab topiladi.

Elementning atom massasini valentligiga bo‘lish bilan ham shu elementning ekvivalentini hisoblay olamiz, atom massa ekvivalentning valentlikka ko‘paytmasiga tengdir. Valentligi o‘zgaruvchan elementlarning ekvivalentlari ham o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kislota ekvivalentini hisoblash uchun uning molekulyar massasini kislotaning negizligiga bo‘lish kerak: masalan, sulfat kislota H2SO4 ikki negizli bo‘lgani uchun uning ekvivalenti 98/2=49 ga teng. Asos ekvivalentini topish uchun uning molekulyar massasini shu asos tarkibidagi metallning valentligiga bo‘lish kerak. Masalan, Ca(OH)2 ning ekvivalenti – 74/2= 37 ga teng. Tuz ekvivalentini topish uchun uning molekulyar massasini tuz tarkibidagi metallning umumiy valentligiga bo‘lish kerak. Masalan, Al2(SO4)3 ning ekvivalenti 342/6 = 57 dir. Bu qonunni quyidagi tenglama shaklida ifodalash mumkin: mA/mV = EA/EV Moddaning ekvivalentiga teng massasi — uning molyar — ekvivalent massasi deb ataladi va g/mol-1 ga teng.