Toshkent arxitektura-qurilish instituti Qurilishni boshqarish fakulteti 35-20 guruh talabasi Najmiddinov sherzodning qurilish materiallari va buyumlari fanidan tayyorlagan taqdimoti
Temur tuzuklarining zamonaviy boshqaruv tizimidagi ahamiyati
Kimyoning asosiy qonunlari
Bu qonunlar kimyoviy reaksiya vaqtida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni miqdoriy jihatdan tekshirish natijasida kashf etilgan bo‘lib, ular kimyo fanining nazariy negizini tashkil etadi. Kimyoning birinchi qonuni — moddalar massasining saqlanish qonunidir. Bu qonun dastlab M. V. Lomonosov va keyinchalik A.Lavuazze tomonidan ta’riflangan: kimyoviy reaksiyalarda qatnashuvchi dastlabki moddalar massalarining yig‘indisi reaksiya mahsulotlari massalarining yig‘indisiga tengdir. Katta miqdorda energiya ajralib chiqishi bilan sodir bo‘ladigan jarayonlar moddalar (masalan, radioaktiv moddalarning emirilishi, atom hamda vodorod bombalarining portlashi) massasining saqlanish qonuniga emas, balki materiyaning saqlanish qonuniga bo‘ysunadi. Agar jarayonning issiqlik effekti (Q bo‘lsa, jarayon davomida massasining o‘zgarishi Eynshteyn tenglamasi bilan ifodalanadi; Δm * m = Q/C 2 Uning maxrajidagi C2 nihoyatda katta son (9.10 16 m-s-1) bo‘lganligidan odatdagi reaksiyalarda massa o‘zgarishi nihoyatda kichik bo‘ladi va uni tarozi yordami bilan ham payqash qiyin.
A. Lavuaze 1781 yilda karbonat angidrid gazini 10 xil usul bilan hosil qildi va gaz tarkibidagi uglerod bilan kislorod massalari orasidagi nisbat 3:8 ekanligini aniqladi. Shundan keyin: har qanday kimyoviy toza birikmani tashkil ztuvchn elementlarning massalari o‘zgarmas nisbatda bo‘ladi, degan xulosa chiqarildi. Bu xulosa tarkibning doimiylik qonunidir. 20 yil davomida bu qonunning to‘g‘riligi barcha olimlar tomonidan e’tirof etib kelindi. Lekin 1803 yilda francuz olimi Bertolle qaytar reaksiyalarga oid tadqiqotlar asosida, kimyoviy reaksiya vaqtida hosil bo‘ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi reaksiya uchun olingan dastlabki moddalarning massa nisbatlariga bog‘liq bo‘ladi, degan xulosa chiqardi. J. L. Prust (1753-1826) Bertollening yuqoridagi xulosasiga qarshi chiqdi. U kimyoviy toza moddalarni puxta analiz qildi: toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo‘lishini o‘zining juda ko‘p analizlari bilan isbotladi. Prust bilan Bertolle orasidagi munozara etti yil davom etdi. Bu kurash ikki falsafiy oqim kurashi bo‘ldi. Prust falsafasi — uzluklilik prinsipi, Bertolle falsafasi — uzluksizlik prinsipi nomi bilan yuritiladi. Ko‘pchilik olimlar o‘zlarining amaliy ishlari natijalari bilan Prust prinsipini tasdiqladilar.