Toshkent arxitektura qurilish instituti r. I. Gimush, F. M. Matmurodov



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix20.04.2022
ölçüsü1,57 Mb.
#55859
1   2   3   4   5
innovatsion menejment

Y
bu yerda, i–ishlab chiqarish vositasining har bir turiga yozib qo‘yiladigan
indeks; 
{ }

=
=
1
i
x
x
 -yakuniy mahsulot ishlab chiqarish uchun bir firma to-
monidan qo‘llanilayotgan ishlab chiqarish vositalari ro‘yxati; a va b – ba’zi
texnologik parametrlar.
Xususan, Romer taqdim etayotgan formula huddi o‘sha Kobba-Du-
shas ishlab chiqarish funksiyasini beradi, faqat bir tafovuti bilan kapital k
bu yerda bitta o‘zgaruvchanlik sifatida emas, balki zarur ishlab chiqarish
vositalari taqdim etiladi. Shu bilan asosiy kapital strukturasining prinsipial
ahamiyatiga urg‘u beriladi.
Agar R
A – 
ya’ni texnologik ishlab chiqarish narxi, W
H
- esa inson kap-
itali birligining tadqiqot sektorida qo‘llash narxi bo‘lsa, u holda ular o‘rtasida
bog‘liqlik o‘rnatiladi.
W
H
 =R
A

δ
A
.


103
Model shuni takidlaydiki, inson kapitali tadqiqot sektori va yakuniy
mahsulot ishlab chiqaruvchi sektor o‘rtasida taqsimlanadi.
H = H y + H
A
Oraliq sektor firmalari yuqorida so‘z ketgan modelga asosan o‘z inson
kapitaliga ega emaslar. Ular birinchi sektorga yangi texnologiya ishlab
chiqarishni yaratish uchun omillar mehnatiga haq to‘laydilar va uchinchi
sektor yakuniy mahsulotini ishlatadi.
Romer modelidagi erishilgan bilim darajasi (A)ga texnologik rivojla-
nishning aniq darajasi to‘g‘ri keladi. Uning ko‘rsatkichi esa qo‘llanilayotgan
texnologiyalar sonidir. Bu ko‘rsatkich ham (A) orqali ifodalanadi. (A)
kattaligi yangi bilimlar hajmi oshishi va yangi texnologiyalar paydo
bo‘lishiga qarab o‘zgaradi.
Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish vositalarining turli xil ko‘rinishlari
soni ham o‘zgaradi. Bundan kelib chiqqan holda doim (A)ning shunday
maqsadini belgilash mumkinki bu yerda, X
1
=0, barcha i

A .
Modelga asosan A bilimining texnologik komponenti bu – bilimning
raqobatchi komponenti – H inson kapitalidan farqliroq noraqobat tovardir.
Ammo agar birinchi sektorda har bir mutaxassis A bilim hajmining to‘lig‘iga
ega bo‘lsa, u holda II va III sektorlarda u yoki bu g‘oyani qo‘llash amal-
dagi patent qonuni tomonidan nazorat qilinadi. II sektor firmasi yangi
perespektiv texnologik g‘oyaga ega bo‘lishi va uni qabul qilganidan so‘ng,
u uni qo‘llashga bo‘lgan monopol huquqini patent orqali himoya qiladi
va yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga moslashgan, III sektor firmalari
uchun mazkur ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
Model taxmin qilishicha ishlab chiqarish asbob-uskunasini ishlab
chiqarish uchun yakuniy mahsulotning 
η
–o‘lchovi sarflanadi.
Uskuna sotilmaydi, balki qiziqqan firmalarga ijaraga beriladi p(i). Agar
i–texnologiyasi uchun II sektorning hech bir firmasi uskuna ishlab chiqar-
masa, unda p(i)q

 ga teng deb hisoblanadi.
U holda barcha uch sektorli sistema umumiy kapital o‘zgarishi quyi-
dagi formula bilan ifodalanadi:
( ) ( ) ( )
,
1


=
=

=
i
i
x
t
C
t
Y
t
K
η
bu yerda, c(t)–iste’molning agregat funksiyasini namoyish etadi.
Nazorat savollari
1. Texnologik chegara deb nimaga aytamiz?
2. S shakldagi egri chiziqlarni bog‘liqlikligini tushuntiring.
3. Yangilik diffuziyasi va Perla egri chizig‘ini tushuntiring.
4. Neoklassik model deganda nimani tushunasiz?
5. P. Romer modeli ma’nosini gapirib bering.


104
4.2. ILMIY ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINING
INNOVATSIYA FAOLIYATINI REYTINGI VA
YANGILIKLARNI AMALIYOTGA KIRITISH DASTURLARI
Reja: 1. Ilmiy ishlab chiqarish korxonalarining innovatsiya faoliyatining
reyting indikatorlarini nazariy aniqlash.
2. Yangiliklarni amaliyotga kiritish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish.
Tayanch iboralar: baholash tizimini, indikator koeffitsienti, reyting in-
dikatori, investitsion tavakkallik.
4.2.1. Ilmiy ishlab chiqarish korxonalarining innovatsiya faoliyatini
reyting indikatorlarini nazariy aniqlash
Korxonalar boshqaruvi uning pul bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlari
tahliliga asoslangan. Ammo bunday yondashish korxona faoliyatidagi
boshqa muhim tomonlarini ochib berolmaydi. Amerikalik olimlar
R. Kaplan va D. Norton 1990-yillarda 12 ta yirik kompaniya xo‘jalik
faoliyatining pul bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘rsatkichlarini ham hisobga
oladigan natijalarni baholash tizimini o‘rgandilar va ko‘rsatkichlarning
muvofiqlashgan tizimining konsepsiyasini yaratdilar.
Bunday yangi tizim korxonaning pul bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarini
uning boshqa turdagi ko‘rsatkichlari bilan bog‘lashga yo‘naltirilgan,
boshqaruv tizimi ko‘rsatkichlariga aylantirish masalalari hal qilingan.
Buning uchun korxonaning erishgan ko‘rsatkichlarini kelajakdagi olinishi
mumkin bo‘lgan natijalar bilan bog‘lash zarur bo‘ldi.
Ko‘rsatkichlarning muvofiqlashtirilgan bunday tizimi avval korxona
darajasida, keyinchalik korxonaning bo‘limlari va hatto alohida xodimlari
darajasidagi boshqaruv tizimiga aylandi va 1999-yildan boshlab dunyo-
ning 300 dan ortiq (AQSH, Kanada, Germaniya, Shveytsariya) korxo-
nalarida tatbiq etila boshladi. Banklar esa (Dentche Bank) bu tizimni
o‘zining hisobotiga indikator sifatida kiritdilar.
Iqtisodiy, ijtimoiy axborotlarni qayta ishlashdagi bu yangi yondashuv-
ni nafaqat korxonalarning ko‘rsatkichlari tizimi sifatida, balki loyihalar
boshqaruvining hamma tomonlarini qamrab olgan tizim deb ham qara-
lishi lozim. P. Xorvatning fikricha, axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va
baholash, ko‘rsatkichlarning muvofiqlashtirilgan tizimida katta rol o‘ynaydi,
hozirgi kunda dunyoning kompyuter dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha
eng kuchli kompaniyalari shu maqsadlar uchun dasturiy vositalarini yara-
tish bo‘yicha ish olib borishmoqda.


105
Ammo R. Kaplanning tan olishicha, bu nazariya takomil emas, chunki
bunda eng asosiy narsa – baholash vositasi yo‘q.
R. Kaplanning yuqorida ta’qidlangan usulini innovatsiya loyihalariga
moslashtirilgan holda qo‘llash maqsadida quyidagi chora-tadbirlar tizimi
ishlab chiqildi:
  ilmiy ishlab chiqarish va kichik innovatsiya korxonalarining
ko‘rsatkichlari majmuasini ishlab chiqish;
  ko‘rsatkichlarni tashkilotning strategik maqsadlari, vazifalari bilan
uzviy bog‘liqligini taminlash, ularni ko‘p funksiyali indikatorlarga o‘tkazish,
ularning o‘lchov birliklarini aniqlash:
  korxonaning ilmiy faoliyati ko‘rsatkichlarining muvofiqlashtirilgan
tizimini ishlab chiqish, ko‘rsatkichlararo bog‘liqlik darajasini aniqlash,
ularni statistik – matematik qayta ishlash formulalarini hisoblash, baho-
lash va boshqarish bo‘yicha dasturiy vositalarini yaratish;
  loyiha rivojlanishining qisqa va uzoq muddatga mo‘ljallangan im-
mitatsion modelini yaratish;
  qaror qabul qilish jarayonini amalga oshirish – loyihaning amaliy
natijalarini kompyuterda olingan natijalar bilan solishtirish, xatoliklarni
tahlil qilish.
Quyida axborotlarni miqdoriy tahlil qilish, agregatsiyalash usuliga asos-
langan korxonalarni innovatsiya faolligini, ilmiy-amaliy salohiyatini
o‘rganish metodologiyasi keltirilgan.
Korxonalarning ilmiy-texnik salohiyati – bu korxonaning yangi texnika
va texnologiyalarni joriy etishga, modernizatsiyalashga yo‘naltirilgan il-
miy, ishlab chiqarish va axborot zaxiralarining majmuasidir.
Innovatsiya korxonasining ilmiy-amaliy faolligini baholash uchun bi-
rinchi bosqichda korxonaning o‘tgan 5 yil davomidagi faoliyati haqidagi
birlamchi axborotlar yig‘ib olinadi.
Albatta, bu ko‘rsatkichlarning har birini solishtirish natijasida korxo-
naning ilmiy-amaliy faoliyati haqida xulosa qilsa bo‘ladi. Ammo bu
ko‘rsatkichlarning o‘lchov birliklari har xil bo‘lganligi bois, ularni tizim-
lashtirib, biror bir raqam bilan ifodalab bo‘lmaydi.
Birinchi marotaba ilmiy tashkilotlarning, korxonalarning innovatsiya
faoliyatini, ilmiy-amaliy ishlarini tahlil qilish va baholashning reyting in-
dikatorlarini hisoblab chiqishga asoslangan yangi miqdoriy, kompyuterli
usuli ishlab chiqildi.
Indikator koeffitsienti (IK) – bu o‘lchov birligiga ega bo‘lmagan 2 ta
va undan ortiq loyiha ko‘rsatkichlarining mazmunini umumlashtirgan,
kompyuterga kiritish mumkin bo‘lgan koeffitsientdir.


106
4.1-jadval.
Loyiha taqdim etayotgan tashkilotning reyting indikatorini hisoblash
formulalari.
Bu koeffitsientlarni hosil qilish uchun quyidagi tamoyillarga asoslangan
matematik apparat ishlab chiqilishi zarur:
– ko‘rsatkichlar o‘lchov birligiga ega bo‘lmasligi;
– koeffitsientlar ko‘rsatkichlar mazmuniga to‘g‘ri proporsional
bog‘langan y= F(x) funksiyasi holatida bo‘lishi;
Reyting indikatori esa ushbu koeffitsientlarning yig‘indisi yoki matematik jam-
lamasidir.
¹ Ko‘rsatkichlarning 
bog‘liqligi 
bo‘yicha 
guruhlanish 
Matematik 
apparatning 
mazmuni 
Hisoblash 
formulasi 
Koeffitsientlarning 
nomi, belgilanishi 
1 Ishchilarning 
umumiy soni, 
ilmiy xodimlar 
soni 
Ilmiy xodimlar 
soni yig‘indisini 
umumiy xodimlar 
soniga nisbati 
2
1

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin