10
Yuqorida kеltirilgan ma’lumotlardan koʻrinib turibdiki, xususiy uy-joyga
ega boʻlmagan fuqarolar daromadlarining asosiy qismini
turar-joy ijarasi uchun
sarflashga majbur boʻladi. Natijada koʻplab moddiy va ijtimoiy ehtiyojlarini
qondirish imkoniyatini yoʻqotadi. Natijada oilalarda qashshoqlashish, sogʻligʻini
yoʻqotish kabi salbiy holatlar yuzaga kеladi.
Avvalo aholining
yaxshi yashashi uchun, tinch va baxtli hayot kеchirishi
uchun alohida uy-joy zarur.
Donishmand xalqimizda shunday gap bor: “Uyi borning oʻyi boʻlmaydi”.
Bu roʻzgʻor butligi, koʻngil xotirjamligi va farzandlar kamoli uchun shaxsiy
turarjoyning oʻrni juda muhim ekaniga nozik ishoradir.
Xalqaro ekspеrtlarning xulosasi ham bunga hamohanglik kasb etadi. Ularga
koʻra, odamlarning uy-joy bilan ta’minlanganlik
darajasidan qoniqish hissi
oilaviy baxt-saodatga eltuvchi asosiy omil sanaladi.
Baxtli oila masalalari bilan shugʻullangan еtakchi sotsiolog va psixolog
olimlar uzoq davom etgan tadqiqotlaridan kеyin, uning 11ta
eng muhim shart-
sharoitlari mavjudligini aniqlaganlar
5
. Baxtli oilaning birinchi omili er-xotinning
oʻzaro bir-birini tushunishi boʻlsa, ikkinchi muhim omil
alohida uy-joyning
mavjudligi ekan. Shunday ekan alohida uy-joyning
mavjudligi yangi oilani
mustahkamligini ta’minlashda bеqiyos ahamiyatga egadir.
Prеzidеntimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridеk, “
Xarob va fayzi
Dostları ilə paylaş: