O'zbekistonda esa landshaft arxitekturasi fani, asosan, mustaqillik yillarida shakllandi va rivojlanib kelmoqda. Landshaft arxitekturasining taraqqiyot yo'lini yaxlit tushunish uchun ushbu atamaning mohiyatini aniqlash, landshaft arxitektorlarining nimalar bilan shug'ullanishlari va bu sohaning keng arxitektura dunyosidagi o‘rnini chuqurroq anglash juda muhimdir. “Landshaft arxitekturasi” atamasi ilk bor bundan 150 yillar muqaddam, avval Angliyada 1850-yillardan so‘ng Amerika qo‘shma shlallarida 1872-yildan u yerdagi yirik Xalqaro ko‘rgazma parklar va milliy parklarni tashkil qilish muam m olari bilan bog‘liq holda yuzaga keladi.
LANDSHAFT ARXITEKTURASINING ASOSIY MAQSADI.
LANDSHAFT ARXITEKTURASINING ASOSIY MAQSADI.
Arxitektorlar, m a’lumki, nafaqat bino va inshootlar qurish,
shaharlar yaratish, balki ochiq fazoviy muhitlar arxitekturasi va
ularni tashkillashtirish bilan ham shug‘ullanadilar. Bularga ko'chalar, maydonlar, gulzorlar, xiyobonlar, sohillar, mikrorayonlar ichidagi bog'lar, skverlar, bulvarlar, maxsus parklar, istirohat bog'- saroylari, milliy bog‘lar, xiyobonlar, mo‘jaz bog'lar va tarixiy landshaftlar kiradi. Sun’iy tarzda yaratiladigan bunday ochiq maskanlar ro'yxatini yana ham davom ettirish mumkin.