Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
 
3.3. Xonadondaqi yordamchi xonalar 
Dahliz
xonadonga kirish qismi bo‘lib, turli xil vazifalarni bajaradi. Shuning 
uchun uning loyihaviy yechimida butun xonadonni tarhi qulay va unumli bo‘lishiga 
bog‘liq. Dahliz orqali xonadon tashqi muhit bilan bog‘lanadi va uydan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ko‘chaga, ya’ni hovliga chiqiladi. Dahliz xonadondagi xonalar orqali bir-biri 
bilan bog‘lanish markazi hisoblanib, bir qancha eshiklardan tashkil topishi mumkin. 
Ushbu xonaga funksional talab katta bo‘lib- bu yerda ustki kiyim va oyoq kiyimlari 
hamda sport va xo‘jalik anjomlari saqlanishiga xizmat qiladi. Oila a’zolari va 
mehmonlar xonadonga kirganda yechinadilar va xonadondan chiqayotganda kiyinib,
o‘zlarini tartibga soladilar. 
Qoida bo‘yicha dahlizni eni 1,4m dan, xonadon ichi yo‘laklari, yashash 
xonalariga olib boruvchi 1,1m dan, yordamchi xonalarga olib boruvchi 0,9m dan kam 
bo‘lmasligi kerak.
Agar dahliz hajmi kichikroq bo‘lib qolsa, u yerda ko‘proq odam to‘planganda 
ancha noqulaylik vujudga keladi. Shuning uchun dahlizning hajmini uzunchoqroq 
qilib loyihalash tavsiya etiladi va tomonlar nisbati 1:2 yoki 2:3 qilib olinadi. Dahliz 
sathi maydoni 4-5 metr kvadratdan kam bo‘lmasligi kerak. Bu o‘z navbatida oynani, 
kiyim ilish uchun jihozni, telefon uchun tumbochkani, kichkina stolchani qulay 
joylashtirishga sharoit yaratib beradi. Odamlarning qiynalmay o‘tib ketishiga, 
jihozlarni olib o‘tishiga sharoit tug‘diradi (3.8-rasm). 


49 
 
 
3.8-rasm. 
Dahlizning funksional yechimi:
 
a-dahliz qismining o‘lchamlari;
b – xonadonda dahlizning hajmiy-tarhiy yechimi; v-2-qismga bo‘lingan dahliz kiyim 
garderobi joylashgan kirish qismi va tantanavor xoll qismi.
 
O‘rta hajmdagi xonadonlar uchun dahlizning eni 1,6-2 metr va uzunligi 3-4 
metr bo‘lishi tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, albatta kiyim iladigan shkafni 
joylashtirish uchun yopiq devor yoki tokcha bo‘lishi kerak.


50 
Hojatxona va cho‘miladigan xonaga dahlizdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish mumkin, 
ammo bularga (shlyuz) yo‘lak orqali kirilsa dahlizda eshiklar soni kamroq bo‘lishiga
erishiladi. Dahliz uchun tabiiy yorug‘lik bo‘lishi shart emas, lekin iloji boricha uni 
yoritish kerak. Hozirgi kunda dahlizlarning vazifasi oshib bormoqda va ular asosiy 
xonalar oldidagi tantanavor kutish joylariga aylanmoqda (3.9-rasm).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin