Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3.11-rasm. 
A-Sanitar gigiyenik xonalarning hajmiy-tarhiy yechimi: 
1-xojatxona;
2-yuvinish xonasi; 3-aralash jihozlangan sanitar tugunlari; B- Industrial 
tayyorlangan santexnik xonalar: 1-monolit jelezobeton sanitar tugunlari kabinkalar; 
2-panel uylar uchun ishlangan sanitar tugunlari. 
 
Vannaxonani shamollatish uchun, albatta ventilyatsiyadan foydalanish kerak. 
Vannaxonaga dahlizdan, yo‘lakdan kirish mumkin, yashash xonalaridan yoki 
oshxonalardan vannaxonalarga kirish ma’n etiladi. Lekin rivojlangan mamlakatlarda 
har bir yotoqxonaning alohida vannaxonasi bor, bizda ham ota-onalar yotoqxonasi 
uchun alohida vannaxona loyihalanmoqda. Vannaxonalarga tabiiy yorug‘lik tushishi 
shart emas, lekin bizning issiq iqlimli respublikamizda darcha orqali vannaxonalar 
shamollatib turilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Vannaxona eshiklari, albatta 
tashqariga ochilishi shart. 


55 
3.12-rasm
. Santexnik jihozlari:
 
a-vanna xonadagi sanitar jihozlarini umumiy 
ko‘rinishi; b-to‘g‘ri bo‘rtli kichik vanna uzunligi 1500 mm; v-dush paddoni; 
g- fayans umivalnigi e-fayans unitazi. d-unitaz bachogi bilan tepaga joylashgan. 


56 
 
Hojatxonalarning kengligi 0,85 metrdan uzunligi esa 1,4 metrdan kam 
bo‘lmasligi kerak. Hojatxonaga yo‘lak, dahliz yoki shlyuzdan kirish mumkin. 
Hojatxonaga shlyuz orqali kirilsa juda yaxshi bo‘ladi, chunki bunda har xil noxush 
hidlar xonadonga tarqalmaydi. Shuning uchun hojatxonalarga shamolni tortadigan 
ventilyatsiya darchasi o‘rnatilishi shart hisoblanadi. Sanitar tugunlar uchun tabiiy 
shamollatish yo‘li yashash xonalaridan alohida bo‘lishi kerak. 
Markaziy Osiyo issiq iqlimida bu shart-sharoitlarga rioya qilinishi judayam zarur 
hisoblanadi. Chunki issiq sharoitda har xil noxush hidlar tezroq tarqaladi. Shuning 
uchun eski uylarda, ya’ni kanalizatsiyasi yuk bo‘lgan uylarda hojatxona hovlining 
eng uzoq joyiga joylashtirilgan. 
Xonadonlar ikki qavatga joylashtirilgan bo‘lsa, ko‘p xonali xonadonlar (besh va 
undan ortiq) uchun 2 ta hojatxona ( yotoqxona va dahliz yaqiniga) joylashtirish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Dahliz oldiga joylashtirilgan hojatxonada, albatta qo‘l 
yuvadigan jihoz joylashtirilishi kerak, shuning uchun uning sathi kengroq qilib 
olinadi. Yotoqxona yaqinida joylashgan hojatxonani alohida qilmasdan vannaxona 
bilan birlashtirib yuborishi mumkin (3.13-rasm). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin