4.2-rasm.
Liftsiz uylarning asosiy turlari.
I. Hudud bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan kirish chiqish joyiga ega xonadon.
A – qo‘rg‘oncha uy (o‘z hovlisi bilan); a – bir xonadonli; b – ikki xonadonli;
B – blokli uylar; v – to‘rt xonadonli uylar; g – ikki qavatga ega bo‘lgan to‘rt
xonadonli uylar; d – qatorli uy; e – atriumli uylar;
II. Umumiy kommunikatsiya orqali kirish chiqish joyiga ega xonadonlar.
z – seksiyali uylar; i – galereyali uylar; k – yo‘lakli uylar.
73
4.2. Kam qavatli turar-joy binolari
Ko‘p xonadonli uylardan farqli ravishda, kam qavatli qo‘rg‘oncha turidagi
hovlili uylar yuqori gigiyenik sifatlarga ega, bular yashash talablariga to‘liqroq javob
beradi. Xonadonlar katta yorug‘lik frontiga ega bo‘lib – barcha tomondan yoki ikki
xonadonli uylarda uch tomondan yoritilgani sababli, uylar yaxshi insolyatsiyaga ega
va barcha xonalar yaxshi shamollatiladi. Ularni qurish osonroq, chunki ko‘p hollarda
uylar chegaralangan yo‘nalishga ega bo‘lishi mumkin. Yer uchastkasida binoning
alohida joylashuvi yashash sharoitini yaxshilaydi. Xonadonlar shovqinli yo‘llar va
qo‘shni maydonlardan uzoqroq joylashtirilgan bo‘ladi. Ikki xonadonli uylarda
xonadonlarning qo‘shnichiligiga noqulaylik tug‘dirmaydi. Kirish eshiklari,
ayvonchalar va terassalar uyning turli tomonidan joylashtirilgan bo‘lib, bir-biri bilan
kesishmaydi. Xonadonlarning alohidaligi ular orasida qurilgan xo‘jalik qurilmalari
yoki ajratuvchi devorlarni qurishga imkon beradi.
Qo‘rg‘oncha turidagi hovlili uylar o‘zining yer maydoniga ko‘ra ikki xil bo‘ladi,
shahar va qishloq uylari. Shahar va qishloq hovlili uylari asosan 1yoki 2 qavatli qilib
quriladi. Ular yer maydonining katta –kichikligiga qarab, yerdan foydalanish
harakteriga ko‘ra va arxitekturaviy-tarhiy yechimi bo‘yicha farqlanadi. Shahardagi
hovlili uylarning maydoni katta bo‘lmaydi (200-600 m.kv.), bu yerda aholini
yashashdan maqsad yoz kunlari ochiq muhit –hovlidan foydalanishdir. Lekin qishloq
uylarida aholi o‘zining shaxsiy tomorqasiga ega bo‘lib, u erda ishlaydi. Qishloq
hovlili uylarining maydoni 0,15 gacha bo‘lishi mumkin.
Hovlili uyning uchta asosiy turi mavjud: alohida binoli uylar – turar-uy va
hovlidagi xo‘jalik qurilmalari bilan; xo‘jalik xonalari uy ichiga yoki uyga ulab
qurilgan hovlili uylar va ichki turar-uy hovlisi atrofida turar-uy va xo‘jalik xonalari
kompleksi ega, rivojlangan tuzilishga ega hovlili uylar (4.3-rasm).
Qo‘rg‘oncha turidagi hovlili uyni tashkil qilish uy rejasiga ya’ni, birinchi
navbatda, undagi turar-uy va xo‘jalik hududlarining o‘zaro joylashuviga ta’sir
ko‘rsatadi.
|