Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
3.15-rasm. 
Liftsiz uylarda zinapoya turlari:
 
a-2 ta 4 qavatli uy uchun; b- yuqoridan 
yorug‘lik tushuvchi 2 ta 3 qavatli uy uchun; v-yo‘lakli uy uchun; g-chiqindi 
o‘tkazgichi bor 5 qavatli uy uchun; d-bo‘ylama ko‘tarib turuvchi qurilma oldidagi 
yig‘ma zinapoya; e-ko‘ndalang ko‘tarib turuvchi qurilma oldidagi zinapoya.
 


63 
Ishlatilish jarayonida qulay bo‘lganligi va ishlab chiqarish oddiy va arzon 
bo‘lganligi uchun 2 marshli zinapoyalar ko‘proq ishlatiladi. Past qavatli binolar 
uchun bir marshli zinapoyalar ishlatiladi, ko‘p qavatli (liftlari bilan) binolar uchun 2 
marshli zinapoyalar bilan birga 3 marshli zinapoyalar ham ishlatiladi. Marshlar 
orasidagi bo‘shliqni esa lift shaxtasi egallaydi. Yuqoridagi ko‘rsatmalar majburiy 
hisoblanmaydi. Ayrim hollarda umumiy kompozistiyaga erishish uchun tejamkorligi 
kamroq bo‘lgan yechimlar ham ishlatilishi mumkin. Tez-tez yer qimirlaydigan 
sharoitda zinapoya tugunlarini loyihalashda yer qimirlashiga qattiq qarshilik 
ko‘rsatadigan qurilmalar va 2 taraflama o‘rnatilgan eshiklar bo‘lishi kerak. Umumiy 
bo‘lgan zinapoyalardan, yugurib chiqiladigan zinapoyalarni ishlatish man etiladi.
Evakuatsiya yo‘llari va umumiy zinapoyalarga qo‘yiladigan talablar. 
Evakuatsiya yo‘llari ikkiga bo‘linadi, ulardan birinchisi asosiy, ikkinchisi esa 
halokat ro‘y bergan vaziyatdagi (avariya) evakuatsiya yo‘llaridir. Asosiy evakuatsiya 
yo‘llariga xonadon tashqarisidagi kommunikatsiyalar-yo‘laklar, zinapoya tugunlari
avariya evakuatsiya yo‘llariga- tashqi ochiq xonalar-balkonlar, lodjiyalar, terassalar 
tegishlidir. 
Seksiya turar-joy binolari uchun zinapoya tugunlarini ishlab chiqishda seksiya 
qavatidagi xonadonlarning jamlangan umumiy maydonini, elektr ta’minoti 
talablarini, qabul qilinadigan yechimlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish, 
yashash xavfsizligini hisobga olish taqozo etiladi. 
Asosiy evakuatsion yo‘laklar sifatida quyidagilarni qabul qilish taqozo etiladi. 
-
har bir qavatda oyna bilan qoplangan yorug‘lik tushish derazasiga ega
bo‘lgan odatdagi zinapoya tugunlari – L1; 
-
tom yopmasidagi ochiladigan yoki oyna bilan qoplangan yuqoridagi tabiiy 
yorug‘lik bilan yoritiladigan zinapoya tugunlari – L2; 
L1 tipdagi zinapoya tuguni balandligi 28m gacha bo‘lgan turar-joy binolarida 
qo‘llaniladi. Bunda deraza yuzasi 1,2 m

dan kam bo‘lmasligi kerak. Shamollatish har 
qavatdagi derazalarni ochish yo‘li bilan ta’minlanadi. L2 tipdagi zinapoya tuguni, 
qoidaga ko‘ra, balandligi 9m dan yuqori bo‘lmagan turar-joy binolarida qo‘llanadi.


64 
Bunday turdagi zinapoya tugunining balandligi 12m gacha bo‘lgan turar-joy 
binolariga qo‘llashga ham ruxsat beriladi. Bunday zinapoya tuguni tom yopmasida 
oyna bilan qoplangan (yoki ochiq holatdagi) yuzasi 4m

dan kam bo‘lmagan tuynuk 
yoki yorug‘lik fonarining mavjudligi bilan harakterlanadi. 
L2 tipli zinapoya tugunlarida eni 0,7m dan kam bo‘lmagan marshlar orasiga 
yorug‘lik o‘tish joylari yoki yorug‘lik shaxtasi gorizontal kesimining yuzasi
2m

dan kam bo‘lmagan zinapoyaning butun balandligi bo‘yicha o‘rnatilishi ko‘zda 
tutiladi. Yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda hosil bo‘ladigan tutunni bartaraf etish uchun 
tom yopmasidagi oyna bilan qoplangan yorug‘lik tushadigan tuynuklarda yoki 
yorug‘lik tushadigan fonarlarda ochiladigan framuga, fortochkalarni o‘rnatishni 
ko‘zda tutish taqozo etiladi. Framugalar qo‘l orqali (binoning balandligi 9m gacha 
bo‘lganda) va distanstion moslamalar yordamida ochiladi (binoning balandligi 12m 
gacha bo‘lganda). 
L2 tipdagi zinapoya tuguni, qoidaga ko‘ra seksiya tarhining markaziga 
joylashtiriladi, bunda uning hajmiga ikki, uch va to‘rt marshli zinapoyalarni 
joylashtirish mumkin. Ikki va to‘rt marshli zinapoyalardan xonadonlarga kirish 
joylarining eshiklari ikkita-qavat va oraliq maydonchalarga, uch marshli zinapoyada 
esa bitta zinapoya maydonchasiga o‘rnatilishi mumkin. 
Avariya holatidagi ikkinchi evakuatsion chiqish joyini (xavfsizlik zonasi) 
seksiyali turar-joy binolarida ikkinchi qavatdan boshlab har bir kvartira uchun 
joylashtirishni ko‘zda tutish tavsiya etiladi. 
Uzunligi 1,6m dan kam bo‘lmagan oyna bilan to‘silgan oraliqlar orasidagi yoki 
oyna bilan to‘silgan va yozgi xona yon devori orasidagi yalpi devor ko‘rinishidagi 
xavfsizlik zonasidan xonadonlar orqali balkon va lodjiya (jumladan oyna qoplangan 
lodjiya)ga chiqish avariya holatidagi chiqish joyi deb hisoblanadi.
Qo‘shni seksiyalarga, tashqi (ochiq) zonalar, ehtiyot chiquvlar (avariynыy 
vыxod), tutun kirmaydigan zinapoyalar qoshidagi ochiq joydan o‘tish uchun 
ishlatiladigan yozgi xonalar (balkonlar, lodjiyalar) oynaklanmaydi. 


65 
Xavfsizlik zonasi-oynalar bilan to‘silgan oraliq tuynuk va yozgi xonaning yon 
tomoni orasidagi yalpi devor (tuynuksiz devor) ko‘rinishida bo‘lib, yong‘in paytida 
odamlar shu joyga kelishlari kerak. 
Asosiy zinapoya tuguni tom yopmasi usti (krovlya)ga eltadigan avariya tuynugi 
va narvonini hisobga olgan holda loyihalashtiriladi. Ikki yoki undan ortiq sathlarga 
ega bo‘lgan xonadonlardagi zinapoyalarni xonadon ichidagi dahlizga yoki yo’lakka 
joylashtirish tavsiya etiladi, shuningdek, bunday zinapoyalarni umumiy xonaga 
o‘rnatishga ham ruxsat beriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin