Toshkent arxitektura qurilish instituti


-rasm.  Zamonaviy santexnik jihozlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

3.13-rasm. 
Zamonaviy santexnik jihozlari. 
 


57 
 
Hozirgi zamonaviy me’yor va talablarga binoan hojatxonalarni iloji bo‘lsa, albatta 
tabiiy yoritish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hojatxonalarning pollari nam o‘tkazmaydigan 
materiallardan foydalanilishi kerak. (linoleum, keramik plitka va boshqalar) devorlar 
moy bo‘yoq bilan bo‘yalishi yoki glazurli plitkalar ishlatilishi kerak. 
Yo‘lak va shlyuzlar. 
Xonadonlarning loyiha yechimiga qarab ularda yo‘laklar 
bo‘lishi va bo‘lmasligi mumkin, ammo ko‘pxonali xonadonlarda ular juda kerakli 
element hisoblanadi. Chunki yashaydigan xonalar yo‘laklarga aylanmasligi uchun
albatta yo‘lak va shlyuzlardan foydalaniladi. Yo‘laklar 2 xil bo‘ladi: yashash 
xonalariga kirish uchun va yordamchi xonalar bilan bog‘lanish uchun. Yashash 
xonalariga kiradigan yo‘laklarning kengligi 1,2 metrdan kam bo‘lmasligi, yordamchi 
xonalarga kiradigan yo‘lakning kengligi 0.95 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. 
Shlyuzlar - bu kichkina xonachalar bo‘lib, oshxona yoki vannaxona oldiga 
joylashtiriladi, ular tutun va har xil hidlarni saqlash vazifasini o‘taydi. Yo‘lak va 
shlyuz tepasiga shkaflar o‘rnatilsa uyning hajmidan to‘liq foydalaniladi va ancha 
qulayliklar yaratiladi. Xonalar ichiga qurilgan jovon va shkaflarni ishlatilishi 
kichkina yotoqxonalarni to‘sib qo‘yishiga yo‘l qo‘ymaydi, qulaylik tug‘diradi. 
Qurilgan javon va shkaflarning kengligi 0,6 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. 
Yotoqxonalarda kiyim-kechak, ko‘rpa, yostiq saqlaydigan shkaf yoki taxmonlar 
bo‘lsa bu anchagina qulayliklar yaratadi. Bundan tashqari shkaf, qurilmalar oshxona 
uchun ham zarur elementlardir, chunki ular oshxona maydonini to‘silib qolishdan 
saqlaydi va uy bekasiga qulaylik yaratadi. Oshxonada oziq – ovqatlarni va mayda 
jiozlarni saqlash uchun yer sathidan 1,8-2 metr yuqorida joylashgan osma javonlar 
ishlatilsa juda yaxshi bo‘ladi.
Qaznoqxonalar. 
Bu xonalar vaqti-vaqti bilan ishlatiladigan kiyim-kechak
asbob-uskuna, chelak, pol yuvuvchi materiallar va quruq oziq-ovqat saqlashga xizmat 
qiladi. Bu xona xonadonni har xil narsalar bilan to‘lib ketishidan saqlaydi. Past 
qavatli uylarda bunday xonalar xonadonlarni o‘zlarida, ya’ni yer ostidagi qo‘shimcha 
xonalarga joylashtiriladi. Ko‘p qavatli uylarda qaznoqxona yer ostiga joylashtirilishi 
esa ko‘p joyni band qiladi. Shuning uchun odatda ko‘p qavatli uylarda qaznoqxona 


58 
qurilmaydi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan uylarni loyihalashda qaznoqxonalarni qulay 
joylashtirish, albatta hisobga olinishi kerak.
O‘zbekistonda shkaf va qaznoqxonalarni ayvonlarga joylashtirish keng 
ko‘lamda ishlatiladi, lekin bu ularning maydonini qisqarishiga olib kelish bilan birga 
havo sovugach, ya’ni qish paytida eshikni ayvon tarafga ochishga majbur bo‘linadi 
va birmuncha noqulaylik tug‘diradi. Shuning uchun qaznoqxonalarni xonadon ichiga 
joylashtirish qulaydir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin