61
Umumiy foydalanadigan zinapoyalar
turar uy - joyining tashqi muhit bilan
qulay va yaxshi bog‘lanishi uchun xizmat qiladi. Zinapoyalar yopiq (zina tugunining
ichida) oynavand derazalar bilan butunlay o‘ralgan yoki
yarim ochiq zinapoya va
ochiq o‘ralmagan bo‘lishi mumkin.
Ochiq zinapoyalar shu joylashgan xona orqali yoritilsa, yopiq zinapoyalar uchun
alohida derazalar o‘rnatilishi kerak. Yorug‘lik tushadigan darchalarning o‘lchami yer
o‘lchamining 1/15 qismiga to‘g‘ri kelishi kerak va ochiladigan derazalar bilan
ta’minlanishi kerak. Zinapoya tuguni va xonadonlarga kiradigan eshiklar yopiq holda
ya’ni oynasiz va oyna (framuga) zich holda yopilgan bo‘lish kerak. Zinapoyalarning
ostki qismidan unumli foydalanish uchun uning tagiga hojatxona, shkaf yoki har xil
narsalarni saqlaydigan javonlar joylashtirilishi mumkin.
Qurilish va loyihalash normalari bo‘yicha shimol va o‘rta iqlim zonalarida faqat
yopiq holatdagi zinapoyalar
ishlatilishi mumkin, lekin amaliyot shuni ko‘rsatadiki,
bunday zinapoyalar ishlatilgan uylarning dahlizlari qish paytida juda sovib ketishi
kuzatildi, shuning uchun kirish eshiklari 2 qavatli qilib
yoki dahliz oldiga kichkina
dahliz (shlyuz) qurilishi kerak. Shuning uchun janubiy hududlarda isitadigan va
yopiq zinapoyalar ishlatilishi kerak. Ochiq, umumiy bo‘lgan zinapoyalar faqat 2
qavatli uylar uchun, ko‘p qavatli uylarda esa evakuatsiya qilish uchun mo‘ljallangan
bo‘ladi. Tarhiy tuzilmasi bo‘yicha zinapoyalar bir marshli, ikki marshli, uch va to‘rt
marshli bo‘ladi. Zinapoyalardagi zinalarning soni 18 tadan oshmasligi kerak.
Marshlarning qiyaligi nisbati 1:1,75 dan 1:2 gacha olinadi. 1:2 nisbat ko‘proq
amaliyotda
ishlatiladi, chunki bunday zinapoyalardan ko‘tarilish va tushish ancha
qulay, bunda zinapoyalarning o‘lchami 30 va 15 santimetrni tashkil etadi.
O‘zbekiston iqlim sharoitida, issiq yoz paytida zinapoyalardan ko‘tarilish ancha qiyin
bo‘lganligi tufayli o‘rta va baland qavatli uylar uchun zinapoyalar nisbati 1:2
qilib
olinadi, qavatlarning balandligi 3 metr bo‘lganda 20 ta zinacha (18 ta zinacha +2
zinapoya maydonchasi) kerak. Demak, bir marshli zinapoyalar gorizontal holatda
18x0,3=5,4 metrni, ikki marshli zinapoya 9x0,3=2,7
va uch marshli zinapoya
6x0,3=1,8 metrni tashkil etadi. Marshning eng kichik kengligi 1.05 metr qilib qabul
qilingan. Ikki marsh orasidagi masofa 30 sm dan kam bo‘lmasligi kerak.
62
Zinapoya tugunining ichki o‘lchami marsh va maydonchaning o‘lchami, ya’ni
qavatlardagi va kvadratlar orasidagi yig‘indidan iborat. Qavatlar orasidagi
maydonchaning kengligi marshning kengligidan kichik bo‘lmasligi, qavatlardagi esa
15-20 sm dan kengroq bo‘lishi kerak. Andozali (tipovoy)
qurilma elementlarining
sonini kamaytirish maqsadida hamma maydonchalar kengligi bir xil qilib (qavatdagi
kenglik 4,2 m) olinadi (3.15-rasm).
Dostları ilə paylaş: