Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
4.3-rasm. 
Qo‘rg‘oncha turidagi hovlili uyning joylashuvi: 
1-yashash xonalari; 2-xo‘jalik xonalari.
Xo‘jalik hududida xo‘jalik qurilmalari yoki shaxsiy xo‘jalik yuritish uchun zarur 
bo‘lgan xonalar joylashadi. Hudud (zona)larga bo‘lishning uchta prinstipial 
sxemasini ko‘rsatish mumkin: xonadonning xo‘jalik hududi uyning orqa tomonida 
joylashadi; agar shaxsiy xo‘jalik minimal o‘lchamda yoki umuman mavjud bo‘lmasa, 
xo‘jalik hududi yon tomonda yoki ko‘cha tomonda joylashishi mumkin (4.4-rasm). 
Uyning yashash qismi esa, yashash xonalarining ko‘chaga nisbatan yo‘nalishiga 
ko‘ra, yorug‘lik tomonlariga ko‘ra, asosiy kirish eshigining joylashuvi va 
xonadonning xo‘jalik xonalari holatiga ko‘ra, joylashtiriladi. 
Bir xonadonli 
o‘ylar hajmiy-rejaviy harakteristika bo‘yicha bir va ikki qavatli 
uylarga bo‘linadi. Uyning ikki turi xam, hovliga chiqarilgan xo‘jalik qurilmali ham 
va shaxsiy xo‘jalik xonalari uy hajmi bilan bir bo‘lgan ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. 


75 
 
4.4-rasm. 
Bir xonadonli uyning hududiy sxemasi:
1-xo‘jalik hududi; 2-yashash hududi; 3-uyga kirish joyi; 4-hovliga chiqish joyi. 

Bir qavatli (sathli) uylar.
Bu turdagi uylar xonadonlari ikki, uch, to‘rt va besh 
xonali bo‘lishi mumkin. Ko‘p sonli xonalarga ega turar uylarni esa, yaxshisi ikki 
qavatli Turar-joy xonadonlarida joylashtirish maqsadga muvofiqdir
 
(4.5-rasm).
Qishloq aholisi 1qavatli uylarni qurishga moyilroq bo‘ladi, chunki ular yer bilan 
uzviy bog‘langan bo‘ladilar. Bundan tashqari bir qavatli uylarning tarhi oilaning 
o‘sishiga mos bo‘lib, ko‘pincha uylarni qurishga qulaydir. Uy maydonini 
kengaytirish uchun sharoit bo‘lsa ham, bu jamoa xo‘jaligi uchun noqulaydir, chunki 
o‘zlashtirilgan yerni boshqa yerga almashtirishda muammolar tug‘ilishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin