98
4.20-rasm. Terrasa tipidagi Turar-joy binolari (Avstriya).
Uy tarzi va tarhiy yechimi.
Xorij amaliyotida turar-joy uylarining yuqori qavatlarini pastki qavatlarga
nisbatan kengaytirish yoki qisqartirish uslubi keng qo‘llaniladi. Bunda pastki
qavatlarning ma’lum bir fazoviy kenlik qismi ijtimoiy xizmat ko‘rsatish elementi
yoki garaj sifatida xizmat qiladi (4.21-rasm).
4.5 Galereya va yo‘lakli uylar Bu sistema eng universal va iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib, bitta uyda har xil
sig‘imdagi xonadonlarni nisbatini berish qobiliyatiga ega. Bu esa ko‘p qavatli
uylar qurilishida ishlatish uchun, ya’ni qanday galereya seksiyalar uchun bo‘lsa,
shunday yo‘lak seksiyalar uchun xam katta imkoniyatlar tug‘diradi. Bu uylarda
yo‘lak va galereyalar uzunligini qisqartirish va iqtisod qilish maqsadida ularni ikki
qavatli ham qilib tarh tuziladi. Ikki qavatli xonadonlar yakka tartibli va kam qavatli
blokli uylar qurilishida juda keng tarqalgan.
99
4.21-rasm. Terassa tipidagi 16 xonadonli 5 qavatli turar-joy binosi (MArxI).
Galereyali turkum kam xonali xonadonlarning qurilishida ishlatiladi (1-2 xonali)
va O‘zbekiston iqlim sharoitiga to‘liq javob beradi. Shuning uchun yo‘lakli Turar-
joy binolari andozali Turar-joy binolari tarkibiga kiritilgan (4.22-rasm).
100
4.22-rasm . Galereyali uylarning sxemasi:
I - chiziqli: a – to‘g‘ri to‘rtburchak-li; b – galereya seksiyali; v – qo‘zg‘aluvchan; II – biriktirilgan: g – burchakli; d – krestsimon; e - uch bargli; j – singan; III – fazoviy: z – qo‘shaloq uy; i – umumiy galereyali; k – ichki hovlisi bilan. Galereyali turkumga nisbatan yo‘lakli turkum anchagina arzonga tushadi,
chunki bu turkumda yo‘lakning ikki tomoniga xonadon joylashtirish mumkin.
Korpusi kengayadi, kommunikatsiya tejamlashadi. O‘zbekiston sharoitida bu turkum
noqulay, chunki bunda xonadonlar bir tomonga qarab qoladi hamda yelvizakli
shamollatish yo‘qoladi. O‘zbekiston iqlim sharoitiga to‘liq javob bera olmagani
uchun undan kam ko‘lamda foydalaniladi.
Yo’lakli turkum bir qavatli uylarda o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Shuning uchun
O‘zbekiston iqlim sharoitida bunday uylar tavsiya etilmaydi. Dahalar qurilishida bir
nechta tarhiy turkumlar tavsiya etiladi, lekin seksiyali, galereya turkumlardan ko‘proq
foydalaniladi, chunki bular demografik talablarga javob beradi hamda kam xonali va
ko‘p xonali xonadonlarni unumli hal qilish oson bo‘ladi (4.23-rasm).
101
Bundan tashqari aralash turkumdagi loyihalar qurilishda dahalarni har birini
o‘ziga xos, har xillik va go‘zal ansambllarni tashkil etadi (4.24-rasm).