206
XIII-BOB. SPORT INSHOOTLARI
13.1. Sport inshootlarining klassifikatsiyasi
Sport inshootlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
- ochiq va yopiq;
- yozgi va qishki;
- hajmli va yassi;
- universal va ixtisoslashtirilgan.
Asosiy vazifasiga ko‘ra:
- o‘quv mashg‘ulotlari va mashqlar uchun;
- namoyishlar uchun;
- jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish uchun;
- bolalar sporti uchun ixtisoslashtirilgan inshootlariga ajratiladi.
Shaharsozlik alomati bo‘yicha aholi yashaydigan
hududda aholiga xizmat
ko‘rsatishning bosqichma-bosqich prinsipiga
muvofiq sport inshootlari
umumshahar, tumanlararo, mikrotuman inshootlariga
ajratiladi.
Undan tashqari,
sanoat, shahar atrofi va ko‘kalamzorlashtirilgan zonalardagi sport inshootlari ham
bo‘lishi mumkin.
Tekis
ochiq
sport inshootlari qatoriga quyidagilar kiradi:
- sport inshootining markaziy yadrosi (asosi);
- stadion;
- sport o‘yinlari uchun maydonchalar:
- badminton uchun 15x8 m;
- basketbol uchun 28x16 m;
- voleybol uchun 24x15 m;
- gorodki uchun 30x15 m;
- tennis uchun 40x20 m;
- engil atlektika va konkida yugurish uchun yo‘lakchalar.
Dostları ilə paylaş: