207
Sport inshootining markaziy yadrosi
– atrofi engil atletika yo‘lakchasi bilan
o‘ralgan sport o‘yinlari uchun maydon. Yugurish yo‘lakchasi
sektorlarida yoki
uning to‘g‘ri uchastkalarining tashqi perimetridan tashqarida sakrash va sport
snaryadlarini uloqtirish sektorlari joylashtiriladi.
Stadion
– o‘quv mashg‘ulotlari, mashqlar va sport musobaqalarini o‘tkazish
kabi murakkab funksiyalarga
ega sport kompleksi; uning tarkibiga quyidagilar
kiradi: tomoshabinlar uchun o‘rinlari bo‘lgan
sport yadrosi, sport o‘yinlari uchun
maydonchalar, har xil sport turlari uchun yordamchi
hududlar va xonalarga ega
ochiq va yopiq sport inshootlari. Ochiq sport inshootlarini loyihalashda sport
yadrosi
va stadioni maydoni, shuningdek sport o‘yinlari uchun mo‘ljallangan
maydonchalarning bo‘ylama o‘qi janubdan shimolga yo‘naltirilishiga qat’iy rioya
qilish zarur.
Yopiq sport inshootlari:
- sport zallari (tomoshabinlar uchun o‘rinlarsiz) va sport korpuslari;
- yopiq tennis kortlari;
- yopiq basseynlar;
- yaxmalaklar;
- sport saroylari;
- yopiq stadionlar;
- tirlar.