213
XIV-BOB. TOMOSHALAR KO‘RSATISHGA MO‘LJALLANGAN
BINOLAR
Ma’lumki, san’at va madaniyatning jamiyat hayotidagi roli beqiyos va aynan
shu jihat me’moriy loyihalarni yaratishda madaniy
hordiq chiqarish va ommaviy
tomoshalarni namoyish etish uchun mo‘ljallangan binolar, muassasalar va
majmualar doimo alohida o‘ringa ega bo‘lganini shartlab beradi. Turli davrlarda
inshootlarning turli shakllari va ko‘rinishlari – qadimgi
ibodatxonalar va
imperatorlarning saroylari, ijodiy ustaxonalar va akademiyalar, xususiy kolleksiyalar
va turfa yo‘nalishli ko‘rgazmalar, teatr, konsert zallari, ochiq arenalar va, nihoyat,
shahar yoki qishloq muhiti va tabiiy landshaftining oddiy elementlari – san’at
markazlari vazifasini bajarib kelganlar. San’atning kundalik faoliyatini ta’minlash
bilan
bir qatorda, san’atda yangi yo‘llar, uslublar va yo‘nalishlarni izlash, ularni
targ‘ib qilish va sintetik umumlashtirish asosida o‘zaro boyitish imkoniyatlari san’at
markazlari rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri sifatida e’tirof etiladi.
Bugungi kunda, ya’ni madaniy hayot serqirra va ko‘p yo‘nalishlarga ega bo‘lgan
hamda o‘zining doimiy izlanishlari va nobarqarorlik holati bilan ajralib turuvchi
davrda san’at
markazlarining barcha turlari, shu jumladan kompleksli shakl va
ko‘rinishlarining mavjud bo‘lishi o‘ta dolzarb hisoblanadi. Ularni yaratish va
kelgusida rivojlantirishga faqat o‘tmish va hozirgi davr tajribasini o‘rganish, anglab
etish va tizimlashtirish yo‘li orqali erishish mumkin.
Tomosha ko‘rsatuvchi inshootlar qatoriga kinoteatrlar, konsert zallari, klublar
teatrlar, sirk, muzey va ko‘rgazmalar kiradi. Tomosha ko‘rsatishga mo‘ljallangan
binolarning turli me’moriy-rejali yechimlari bo‘lsada, ularni yagona kompozitsion
asos – bino yadrosida bosh zalning mavjudligi – birlashtiradi.
Bu turdagi
binolarning ahamiyati va mavqei me’moriy obrazni nafaqat tasavvurning muayyan
shakli, balki shaharsozlik masalalarini yechimini topish uchun zarur bo‘lgan
ob’yektning noyobligini belgilashdek o‘ta muhim jihatga uzviy bog‘liq ekanligini
shartlab beradi.
214
Tomosha ko‘rsatishga mo‘ljallangan binolar uchun yer uchastkasini tanlashda
xonalarda zarur akustik sharoitlarni ta’minlashni murakkablashtiruvchi shovqinli
va vibratsion fonlarimavjud hududlarni istisno qilish lozim. Tomosha ko‘rsatishga
mo‘ljallangan binolar uchun yer uchastkalarining maydonlari tasdiqlangan
me’yorlarga muvofiq belgilanadi: kinoteatrlar uchun – zaldagi bitta o‘rin uchun 5
m
2
, konsert zallari va sirklar uchun – sig‘imiga bog‘liq holda 0,7-1,5 gektar, teatr
binolari uchun – 1,2-1,7 gektar.Tomosha binosining
bosh kirish eshigi oldida
maydonning, shuningdek yuk tushirish maydonchalari va xo‘jalik hovlisining
mavjudligi yer uchastkasining rejaviy tashkil etilishidagi o‘ziga xos xususiyat
hisoblanadi. Yuqorida sanab o‘tilgan tomoshalar ko‘rsatishga mo‘ljallangan
binolarning har bir turini loyihalashtirishda
hajmiy-rejali, funksional yechimlarni,
va shu bilan birga, badiiylikni ta’minlashga qaratilgan asosiy vazifa hisoblanuvchi
tomoshabinlar kompleksi va qolgan xonalarning oqilona va eng maqbul
mujassamligining tanlashdan iboratdir. Masalan, kinoteatr xonalari
uchta guruhga
bo‘linadi:
- tomoshabinlar kompleksi;
- kinoapparatlar xonasi;
- xizmat-xo‘jalik xonalari.
Teatrlarning xonalari tomoshabinlar va sahna qismlaridan, sirklarniki –
tomoshabinlar va ishlab chiqarish xonalaridan, klublardagi xonalar esa –
tomoshabinlar va klub faoliyatini yuritish bilan bog‘liq
xonalar guruhidan
iborat.Tomosha ko‘rsatishga mo‘ljallangan binolarning har bir turi uchun xos
bo‘lgan xususiyatlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: