Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

14.8
-
rasm. 
Novosibirsk shahridagi Yosh tomoshabinlar teatri, Rossiya, 
arxitektorlar A.Sabirov, M.Starodubov, 1966-1971. 


230 
Yon tarafdagi yoritish lojalari zalning bo‘ylama o‘qiga nisbatan 55
0
va 65
0
gradusli burchaklar bilan chegaralangan va cho‘qqisi avansahnaning oldingi 
chegarasidagi zonada joylashtiriladi. Yoritish lojasi o‘rnining kengligi 1,8 metrdan 
kam bo‘lmasligi lozim. Tomosha zalining har bir tomonidagi yoritish lojalarining 
soni ikkitadan kam bo‘lmasligi kerak. Pastki yoritish lojasi polidan sahna plansheti 
sathigacha bo‘lgan masofa kamida 2,5 metr, ustma-ust joylashgan lojalar pollari 
sathlarining o‘rtasidagi maofa 2,5 metrdan kam bo‘lmasligi lozim. Lojalar 
chuqurligi kamida 2 metr qilib loyihalanadi. Balandligi va kengligi 2 metrdan kam 
bo‘lmagan ko‘chma sofit xonasi tomosha zali tepasida shunday joylashtirilishi 
lozimki, yoritish asboblarining optik o‘qlari gorizontal tekislikka 50
0
dan 60
0
gacha 
burchaklar o‘rtasida, cho‘qqisi avansahna (orkestr o‘rasi bareri)ning old 
chegarasidan sahna tomonga 1 metr masofada; 9
0
dan 15-20
0
gacha burchaklar 
o‘rtasida, cho‘qqisi o‘yin portali yuqori qismida “qizil liniya”dan sahna ichiga 1 
metr masofadagi sathdatushadigan nurlar bilan chegaralangan zonada bo‘lishi 
kerak. 
Sahnaga xizmat ko‘rsatuvchi xonalar. 
Sahnaga xizmat ko‘rsatuvchi xonalar
sirasiga quyidagilar kiradi: 
- sahnaga chiqishni kutish uchun xonalar; 
- artistlarning pardozxonalari (grimxonalari); 
- repetitsiya xonalari; 
- omborxonalar. 
Sahnaga chiqishni kutish uchun xonalar
bir vaqtning o‘zida tezda kiyim 
almashtirish va grimni almashtirish yoki tuzatish, sahnaga chiqishlar orlig‘ida dam 
olish yoki so‘nggi tayyorgarlikni ko‘rish, birinchi yordam ko‘rsatish, ijrochilarning 
kostyumerlar va rekvizitorlar bilan tezkor bog‘lanishi uchun ham xizmat qiladi. 
Amaliyotda bu kabi xonalarning ikkita turi mavjud bo‘lib, birinchisi – o‘lchamlari 
nisbatan kichik bo‘lsada, qulaylik darajasi yuqoriroq – dramatik va musiqali drama 
teatrlari uchun, ikkinchisi – sahnaga chiqish oldidan so‘nggi tayyorgarlik ko‘rishga 
mo‘ljallangan va muvofiq uskunalarga ega qo‘shimcha zonasi bo‘lgan musiqali 
komediya teatrlari uchun mo‘ljallangan xonalardan iborat bo‘ladi.


231 
Ikkinchi turdagi xonalar yosh tomoshabin teatrlari, pantomima va intensiv 
harakatlar bilan bog‘liq boshqa teatrlar uchun ham tavsiya etiladi. Sahnaga chiqish 
uchun xona maydoni bir vaqtda yig‘iladigan artistlar sonidan kelib chiqqan holda 
belgilanadi. Dramatik va musiqali drama teatrlarida har bir xonada bitta artist 
uchun kamida 1,7 m
2
, musiqali komediya teatrlarida – 1,8 m
2
, opera va balet 
teatrlarida – 19 m
2
qilib belgilanadi. 
Artistlarning pardozxonalari (grimxonalari) sahna yoki repetitsiya kostyumini 
kiyish, grimni qo‘yish va olish, gigienik amaliyotlarni bajarish, dam olish, 
repetitsiya ishidagi alohida bosqichlarni bajarish, maxsus treninglarni o‘tkazish va 
matn hamda boshqa materiallar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan. Xonalardagi 
artistlar soniga qarab pardozxonalar individual – bitta ijrochi uchun, 2 tadan 6 
tagacha kishidan iborat guruhlar uchunva 6 tadan ko‘p artistni sig‘diradigan –
umumiy (yoki ommaviy) bo‘lishi mumkin. Vazifasi (janri) turlicha bo‘lgan teatr 
binolari uchun pardozxonalarning uchta asosiy turi loyihalashtiriladi: dramatik, 
musiqali drama aktyorlari, musiqali teatr xonandalari va balet artistlari uchun 
pardozxonalar. Sahnalashtirish (postanovka)da qo‘llaniladigan anjomlar uchun 
omborlar sahnada o‘rnatish uchun tayyor sahna bezaklari va anjomlari 
saqlanadigan – 
navbatchi ombor
; muayyan teatr mavsumidagi repertuar uchun 
mo‘ljallangan barcha bezak va anjomlar saqlanadigan – 
joriy mavsum ombori
; kam 
qo‘yiladigan yoki repertuardan olingan spektakllar uchun tayyorlangan va qayta 
ishlatishga mo‘ljallangan bezak va anjomlar saqlanadigan – 
zaxira omborlarga
ajratiladi. Alohida saqlash prinsipiga ko‘ra omborxonalar 8 ta asosiy turga 
bo‘linadilar: hajmli va stanok dekoratsiyalari; mebel, butaforiya va rekvizit; 
kostyumlar; poyafzal; elektr apparatura va elektr rekvizit; ovoz texnikasi 
appraturasi; yumshoq va manzarali dekoratsiyalar; pariklar va boshqa pastijyor 
buyumlar saqlanadigan omborlar. S-1-S-5 sahnalar uchun repetitsiya zallarining 
o‘lchamlari, vazifalari va soni quyida keltirilgan jadvalga muvofiq qabul qilish 
tavsiya etiladi. 


232 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin