221
Kinoapparatlar kompleksi
Kinoapparat xonalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
- kinoproektor xonasi (odatda, uchta kinoproektor joylashtiriladi) va
yordamchi xonalar;
- kinoproektorlarni sovutish agregati joylashgan xona;
- kinomexanik xonasi.
Kinoapparat xonalari majmuasida bevosita ko‘chaga olib chiquvchi alohida
evakuatsiya yo‘li ko‘zda tutilishi lozim.
14.2. Teatr binolari
Teatr binosi,
yuqorida qayd etilganidek, o‘z strukturasi bo‘yicha sahna va
tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan qismlarga bo‘linadi.
Birinchi qism tarkibiga
sahnaga xizmat ko‘rsatuvchi barcha xona va inshootlar,
ikkinchi qism tarkibiga
esa – tomosha zali, foye, kuluarlar (teatr zalining yon tomonidagi yordamchi
xonalari va yo‘laklari), tomoshabinlarni taqsimlovchi va kassa vestibyullari hamda
tomoshabinlarga xizmat ko‘rsatuvchi xonalar majmuasi kiradi.
Teatr binosining
sahna qismi teatr binosi umumiy hajmining taxminan 60-70% ni, tomoshabinlarga
xizmat ko‘rsatuvchi qismi esa – 40-30% ni tashkil qiladi. Bu kabi bo‘linish teatr
binosining mohiyati haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lish imkoniyatini beradi.
Shuning uchun ham teatr binosini uning strukturasini quyidagi sxema bo‘yicha
tabaqalashtirgan
(differensiyalashtirgan)
holdako‘rib
chiqish
maqsadga
muvofiqroq bo‘ladi:
- tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan kompleks xonalari;
- tomoshalarni namoyish etish kompleksi xonalari (tomosha zali, sahna;
sahnani texnologik ta’minlash xonalari);
- sahnaga xizmat ko‘ratish xonalari (ijodiy
va texnik xodimlar uchun;
omborxonalar):
- ma’muriy-xo‘jalik xonalar;
- ishlab chiqarish xonalari.
Dostları ilə paylaş: