216
14.1. Kinoteatr binolari
Kinoteatrlar
yil bo‘yi faoliyat ko‘rsatuvchi
(bitta zalli, ko‘p zalli) va
mavsumiy
(yozgi ochiq va yozgi yopiq) bo‘lishi mumkin.
Kinoteatrning asosiy xonasi – tomoshabinlarga film ko‘rish
uchun qulay
sharoitlarni ta’minlab beruvchi tomosha zalidir. Zalning shakli – to‘g‘ri
to‘rtburchakli, trapetsiyasimon yoki yarim aylana. Kinoteatrlar tarkibida kafe va
klub faoliyatini yuritish hamda bolalar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan universal
zallar mavjud bo‘lgan kompleks shaklida ham loyihalashtirilishi mumkin. Bugungi
kunda, ya’ni kinoga bo‘lgan qiziqishning yangicha ko‘rinishi qayd etilayotgan
davrda, kinoteatr binolari xuddi
boshqa jamoat binolari kabi, birinchi navbatda,
yuqori
darajada
texnologik jihozlanganlik
va
universallik
kabi
xususiyatlarga ega
bo‘lishi lozim. Tomosha zalining bosh fasadga nisbatan joylashuvi – kinoteatrlarni
kompozitsiyasi bo‘yicha tasniflashning umumiy alomatidir.
Chuqur
, ya’ni tomosha
zali binoning chuqur ichkarisida joylashgan kompozitsion yechimda zalning
bo‘ylama o‘qi fasad
tekisligiga perpendikulyar,
frontal
kompozitsion yechimda
esa – parallel bo‘ladi. Bu kompozitsion yechimlar tomosha
zalining birinchi yoki
ikkinchi qavatda joylashishiga qarab
gorizontal
va
vertikal
yechimlarga ajratiladi.
Ta’kidlash zarurki, bunday klassifikatsiya umumlashtirilgan bo‘lib, turlicha
ifodalangan kompozitsion yechimlarni tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: