Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

13.2
-
rasm. 
Sport yadrosi: 
1 – futbol maydoni; 2 – uzunligi 400 metrga teng engil atletika yugurish yo‘lkasi; 
3 – uzunligi 100 metrga teng engil atletika yugurish yo‘lkasi; 4 – yadro, bosqon, 
disk va nayza uloqtirish uchun engil atletika sektori; 5 – balandlikka sakrash 
sektori; 6 – uzunlikka va langar bilan balandlikka sakrash sektori; 7 – konkida 
yugurish uchun uzunligi 400 metrga teng muzli yo‘lak. 
 
13.2. Yopiq sport inshootlarining hajmiy-rejali yechimi 
Sport inshootlari tarkibiga xonalarning uchta guruhi kiradi: 
- sportchilar uchun xonalar; 
- tomoshabinlar uchun xonalar; 
- yordamchi xonalar. 
Sport zallarini ikkinchi qavatdan balandroqda joylashtirmaslik maqsadga 
muvofiqdir. Birinchi qavatda, odatda, og‘ir atletika, engil atletika, futbol, sport 
gimnastikasi zallari joylashadi.


210 
Pol yuzasi silliq, gorizontal va sirg‘anchiqmas bo‘lishi lozim. To‘p bilan 
o‘ynaladigan sport o‘yinlari uchun mo‘ljallangan zallarda derazalar va chiroqlarni 
to‘p zarbasidan shikastlanishini oldini oluvchi mustahkam konstruksiyalar ko‘zda 
tutilishi zarur. Ushbu konstruksiyalarning poldan 1,8 metr balandlikkacha bo‘lgan 
qismida turtib chiqqan joylar va botiqliklar, deraza o‘rinlari va o‘yiqlari 
bo‘lmasligi kerak. Sport zalining sport uskunalari olib kiriladigan eshiklari
shuningdek uskunalar saqlanadigan inventar xonalariga o‘tish yo‘llarining eni 
1,8 metrdan kam bo‘lmasligi lozim. Inventar xonalariga o‘tish yo‘llarini 
to‘ldirmaslikka yo‘l qo‘yiladi. Engil atletika yoki futbol bo‘yicha o‘quv-mashq 
mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan zallar qoshida, shuningdek bitta 
binoda uchta va undan ortiq boshqa vazifalar uchun mo‘ljallangan sport zallari 
mavjud bo‘lganida yakka tartibda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish 
uchun 12x6x4 m o‘lchamli umumiy xona ko‘zda tutilishi zarur. 
Sportning har xil turlari uchun sport zallarining parametrlari quyidagi jadval 
bo‘yicha qabul qilish tavsiya etiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin