201
- inkassatsiya xonalari.
Operatsion
kassalarning
maydoni,
odatda,
6 m
2
ga
teng
qilib
loyihalashtiriladi. Operatsion kassa kabinasining eshigi kengligi 1400 mm dan kam
bo‘lmagan kassa orti maydoniga chiqishi kerak. Har bir kassa yonida
mijoz pulni
qayta sanashi uchun xona
ko‘zda tutilgan bo‘lishi zarur.
Qimmatbaho buyumlar saqlanadigan blok quyidagilardan iborat:
- qimmatbaho buyumlar saqlanadigan xona (ombor);
- individual seyflar joylashgan xona.
Qimmatbaho buyumlar saqlanadigan xonaning to‘suvchi
konstruksiyalar
(devorlari, poli va shipi) qobig‘i qalinligi 300 mm dan kam bo‘lmagan yaxlit
fibrobetondan bajarilishi lozim. Bunda yondosh xonalar o‘rtasidagi devorlar va
ushbu qobiq oralig‘ida ombor oldi xonasidan ko‘rish mumkin bo‘lgan eni
800 mm dan kam bo‘lmagan
ko‘rik yo‘lagi
bo‘lishi lozim.
Qobiqning yuqori
yuzasi va orayopma o‘rtasida 250 mm dan kam bo‘lmagan zazor (oraliq)
qoldirilishi lozim. Inkassatsiya mashinalarini
yuklash-tushirish boksining
o‘lchamlari – 10x6x3,5 m. Bevosita boks yonida
qimmatbaho buyumlarni
inkassatsiya mashinalaridan ushbu buyumlar saqlanadigan omborga tushirish-
yuklash xonasi joylashtiriladi. Kassa uzelining barcha xonalari juda ixcham
(kompakt) va boshqa xonalardan funksional ajratilgan bo‘lishi lozim, bunda kassa
uzeli xonalarning quyidagicha o‘zaro bog‘liqligi ta’minlanishi kerak:
- qimmatbaho buyumlar olib kelinganida kassa
uzeliga kirish inkassatsiya
mashinalarini yuklash-tushirish boksida amalga oshirilishi lozim;
- boksdan kirish inkassatsiya mashinalaridan qimmatbaho buyumlarni qayta
yuklash xonasida bajarilishi va bu xona qimmatbaho buyumlar ombori bilan
bog‘langan bo‘lishi shart;
- qimmatbaho buyumlar saqlanadigan omborga
kirish faqat ombor oldi
xonasidan amalga oshirilishi kerak;
- pul mablag‘larini qayta sanash xonasi ombor oldi xonasi va operatsion
kassalar bilan yaqindan bog‘langan bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: