195
- qimmatbaho buyumlar va pul saqlash bloki;
- qo‘riqlash bloki;
- kontora xonalari bloki.
Shuningdek, bank
binosining tipologik alomati, ya’ni uning ochiq va yopiq
bir butun ikki funksiyasi ham belgilandi. Ta’kidlash lozimki, mana shu xususiyat,
odatda, bank binosining hajmiy-rejali yechimida alohida ahamiyat kasb etadi. Bir
tomondan, bank binosi o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan imkon qadar ko‘p
mijozlarni jalb qila bilishi kerak bo‘lsa,
ikkinchi tomondan esa, qimmatbaho
buyumlar va pul saqlanadigan muassasa sifatida
juda mustahkam va ishonchli,
begonalar kirishiga yo‘l qo‘ymaydigan binoga ega bo‘lishi lozim. Funksional
bloklarning har biri aniq tarixiy va iqtisodiy xususiyatlarga bog‘liq
ravishda
rivojlangan va takomillashib borgan. Bank binolari qurilishining quyidagi asosiy
bosqichlari XX asr uchun xosdir:
- Birinchi Jahon urushidan so‘ng G‘arbiy
Evropa mamlakatlarida bank
binolariga bo‘lgan talab sezilarli darajada ortishi;
- 1930-yillarda, iqtisodiy inqirozdan keyin,
AQSh va Kanadada bank
binolariga bo‘lgan talabning kuchayishi;
- Ikkinchi Jahon urushidan keyin xalq demokratiyasi mamlakatlarida bank
binolariga bo‘lgan ehtiyojningortishi;
- 1960-yillarda kolonializm tizimning tugatilishi G‘arbiy
Evropada bank
binolariga bo‘lgan talabning o‘zgarishi;
- 1980-yillarning oxiri va 1990-yillar boshida mamlakatda ro‘y bergan
ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar natijasida bank binolariga bo‘lgan
ehtiyojning
keskin ortishi.