197
1-Frankfurtdagi
Mayna tijorat banki, arx. N.Foster, 1997; 2- Gannoverdagi
Shimoliy
germaniya banki, arx. Bennish, 2002; 3-
Drezden banki, arx. AVV
byurosi, 1994; 4- Nemes banki, arx. AVV byurosi, 1995;
12.2. Bank binolarining klassifikatsiyasi
Bank
binolarining klassifikatsiyasi,
birinchi navbatda,
bank turi va
uningshahar tuzilmasidagi joyi bilan belgilanadi.
Turiga qarab banklar quyidagicha toifalanidi:
Funksiyalari va bajariladigan operatsiyalar bo‘yicha:
- markaziy;
- tijorat banklari;
- omonat banklari;
- maxsus banklar;
Mulkchilik shakli bo‘yicha:
- davlat banklari;
- aksionerlik banklari;
- aksionerlar ishtirokisiz tashkil etilgan banklar;
- kooperativ banklar.
Boshqaruv darajasi bo‘yicha:
- mahalliy;
- shahar banklari;
- tuman banklari;
Xodimlar va operatsion joylar soni bo‘yicha:
- kichik;
- o‘rta;
- yirik;
- o‘ta yirik.
Shahar tuzilmasidagi o‘rni bo‘yicha:
- shahar markazida – bankning hududiy boshqarmasi (shtab-kvartira);
- shahar tumanida – bank bo‘limi – bank agentligi;
- mikrotumanda, qishloq joyda – bank filiali.
198
12.3. Bank binolari yer uchastkalari
Bank binolari uchun yer uchastkalarining maydoni xodimlar soniga bog‘liq
holda 0,4-0,6 gektar qilib qabul qilinadi. Bank hududi balandligi 2,5 m bo‘lgan
to‘siq bilan o‘ralishi zarur. Uchastkada xodimlar va mijozlarning avtomashinalari
uchun to‘xtash joyi ko‘zdatutilishi lozim (100 ta ish joy uchun 20 to‘xtash joyi, har
bir operatsion joy uchun 5 ta to‘xtash joyi). Uchastkaga
inkassatorlar mashinasi
kirishi uchun qulay kirish yo‘li tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: