192
devorlar
va
orayopmalar
esa – turli
variantlarda
bajariladi;
monolit
konstruksiyalarda barcha devorlar va orayopmalar – monolit temir betondan
bajariladi. Tashqi devorlar o‘rnida yig‘ma beton panellar, yog‘och karkasli
asbotsement panellar, vibrog‘ishtli panellar yoki donali materiallar (g‘isht va tabiiy
tosh), vitrajlar (po‘lat,
alyuminiy, yog‘och yoki boshqa bog‘lanishlar bilan)
qo‘llanishi mumkin. Monolit imorat bunyod etishning karkassiz tizimlari ko‘p
qavatli mehmonxona binolari qurilishida qo‘llaniladi. Bunday tizim murakkab
geologik sharoitlarda ratsional monoblok binolar qurish imkoniyatini beradi.
Me’moriy-fazoviy yechimlarning keng imkoniyatlari orayopmalarni qattiqlik
yadrolari bo‘yicha ko‘tarishda qo‘l keladi va orayopmalarni rejadagi ko‘rinishini
o‘zgartirishga, mehmonxona binosining turar joy qismidagi jamoat xonalari
joylashtirilishi bo‘yicha yechimlarni oson hal qilishga yordam beradi. Bunda
umumiy foydalanishdagi xonalar binoning istalgan
qavatida joylashtirilishi
mumkin bo‘lib, bu maqsadda qavatlarning eng maqbullari tanlanadi. Hajmli
bloklardan qurilgan mehmonxonalarning ham variantlari mavjud bo‘lsada,
aksariyat
hollarda,
turli
konstruktiv
yechimlarning
afzal
jihatlarini
mujassamlashtirgan
kombinatsiyalangan
loyihalar
bo‘yicha mehmonxona
binolarini qurish keng tarqalgani. Bunda metall va yig‘ma temir-beton, monolit va
yig‘ma monolit, karkasli tizim va sxemalar, qattiqlik yadrolari yoki qirralarining
engil
bloklar bilan birga, soyabonsimon tuzilmalar va orayopmalarning vantali
osmalar bilan birga qo‘llanilishini uchratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: