248
bitta tashrif buyuruvchi uchun vestibyul maydoni - 0,2-0,4
Garderob
, odatda, binoga kirishning bosh eshigi sathida, vestibyul va zallar,
kommunikatsiya uzellari, zinapoyalar, liftlar (ekspozitsiya ko‘p
qavatli tuzilmaga
ega bo‘lgan holatlarda) o‘rtasidagi bog‘liqlikni buzmaydigan tarzda joylashtiriladi.
Nazorat
xonasi
vestibyulni
ikkita:
nazoratgacha
va
nazoratdan
keyingizonalarga ajratadi. Nazoratgacha bo‘lgan zonada garderob, kassalar,
axborot xizmatlari, kiosk yoki do‘konlari, chekish xonalari
va sanitariya bloklari
bo‘lgan taqsimlovchi garderob, nazoratdan keyingi zonada esa – muzeyning asosiy
xonalari: ko‘rgazma va ekspozitsiya zallari, fondlar saqlanadigan xonalar,
laboratoriyalar va ustaxonalarga kirish yo‘llari joylashtiriladi. Katta bo‘lmagan
muzeylarda kassa, kiosk va nazorat birlashtirilishlari mumkin. Vestibyulda,
shuningdek, qo‘riqlash postlari, jumladan o‘t o‘chirish postlari ham lohilashtiriladi.
Yirik muzeylarda tibbiy punktlar ko‘zda tutiladi. Tashrif
buyuruvchilar va muzey
xodimlariga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bufet bino vestibyuli bilan eng
qisqa bog‘lanishga va yuk tushirib olish uchun qulay maydonchaga ega bo‘lishi
kerak. Bufet xonalari tarkibiga ovqatlanish zali (taom tarqatish peshtaxtasi bilan),
yordamchi xona va idish-tovoq yuvish xonasi kirishi lozim.