245
xonalarni (imkon qadar chiqish eshigiga yaqin joyda) loyihalashtirish maqsadga
muvofiq hisoblanadi [28].
Madaniy-ma’rifiy ishlar
sirasiga ko‘rgazmalar, ekskursiyalarni tashkil etish,
leksiyalar, uchrashuvlar, konferensiyalar, kechalar, suhbatlarni o‘tkazish,
kinofilmlarni namoyish qilish, to‘garaklar faoliyatini yuritish kabilar kiradi. Bu,
o‘z navbatida, muzey tuzilmasiga kinoleksion zal, to‘garaklar uchun xonalar,
shuningdek universal maydonlar kiritilishini shartlab beradi.
Madaniyatlararo muloqot tomonga umumiy burilish ro‘y berayotgan, muzey
binolari esa universal san’at markazlariga aylanib borayotgan hozirgi sharoitlarda
muzeylar uchuntarkibida boshqa funksional vazifalar uchun mo‘ljallangan
binolarga xos bo‘lgan xonalarning bo‘lishi tabiiy holdek qabul qilinmoqda.
Masalan, ba’zi muzeylarda o‘quv ustaxonalari, tomosha zallari, mediatekalar
loyihalashtirilayapti.
Kolleksiyalarni saqlash
ekspozitsiya zallari va muzey
fondlarida
eksponatlarni
saqlash bo‘yicha
tadbirlardan
iborat.
Saqlash
eksponatlarning turlari bo‘yicha tashkil qilinadi. Eksponatlar konservatsiyasi va
restavratsiyasi ishning asosiy qismi hisoblanadi. Muzeyning kattaligi va
ahamiyatiga bog‘liq tarzda bitta restavritsiya ustaxonasi yoki ustaxonalar va
laboratoriya kompleksi ko‘zda tutilishi mumkin. Bir nechta muzeylarga tegishli
fondlar markazlashtirilgan sharoitlar uchun fondlar saqlanadigan maxsus omborlar,
ustaxonalar va laboratoriyalarning bazaviy markazini tashkil etish maqsadga
muvofiqdir
Dostları ilə paylaş: