Toshkent arxitektura qurilish instituti


-rasm.  Ko‘p qavatli turar-joy binolarining tarhiy yechimi:  a – qatorli seksiya; v – burchakli seksiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

5.1-rasm. 
Ko‘p qavatli turar-joy binolarining tarhiy yechimi: 
a – qatorli seksiya; v – burchakli seksiya. 
 
5.2. Ko‘p qavatli uylarda birinchi qavat qismini loyihalash qoidalari 
Zamonaviy ko‘p qavatli turar uylar tarkibida jamoatga xizmat ko‘rsatishga 
mo‘ljallangan xonalar mavjud. Ular faqat shu uy yashovchilariga xizmat ko‘rsatishi 
(yopiq xizmat ko‘rsatish) yoki shaharga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan 
jamoat tashkilotlari tizimi qismi (ochiq xizmat ko‘rsatish) bo‘lishi mumkin. 
Shahar holatining uch turi farqlanadi. Birinchi guruhga mikroiqlim sharoiti 
yaxshi bo‘lgan magistrallararo hududlar kiradi. Ularga mikrorayon bog‘lari 
yaqinidagi, ko‘kalamzor piyoda yo‘laklari atrofidagi hududlar kiradi. Bunday 
sharoitda, turar-uylarning birinchi qavatida xonadonlarni joylashtirish yashash 
qulayligiga ta’sir ko‘rsatmaydi.


107 
Ayrim hollarda, birinchi qavatda joylashgan xonadonlar uy oldidagi kichik yer 
maydonchalari bilan umumiy xonadon yoki oshxonadan chiqish eshigi orqali 
bog‘lanadi. Transport harakati chegaralangan turar-joy binolari ko‘chalarida 
joylashgan turar-uylarning birinchi qavatida, aholiga “yaqindan” xizmat ko‘rsatish 
xonalari joylashishi mumkin. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: maishiy xizmat 
uylari (kir yuvish, kimyoviy tozalash, ijara, buyurtmalar stoli kabilarning qabul 
punktlari), savdo (birinchi zaruriyat mahsulotlarini sotish uchun), fuqarolarning 
jamoat faoliyati uchun xonalar (o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish), bolalar, to‘garak, 
sevimli mashg‘ulotlar uchun, sport xonalari, hamda bolalar bog‘chasidir. Shaxsiy 
avtomobillar garajlari yerto‘lada joylashtiriladi. 
Shahar hududining ikkinchi guruhiga shahar va tuman ahamiyatidagi ko‘chalar 
va magistrallar kiradi. Bu ko‘chalarning qizil chizig‘ida joylashgan turar-uylarning 
birinchi qavati yashash uchun noqulay. Ular shahar xizmat turlari uchun 
mo‘ljallangan noturar-uy ahamiyatidagi xonalar uchun ishlatilishi mumkin: savdo 
(turli do‘konlar), madaniy-maishiy (ko‘rgazma zallari, kutubxonalar), jamoat 
ovqatlanish xonalari (oshxona, kafe), dorixonalar, aloqa bo‘limlari va boshqa idoralar 
uchun ishlatiladi. Bu uylarning birinchi qavati “yaqindan” xizmat ko‘rsatish xonalari 
uchun ham ishlatiladi. 
Shahar hududining uchinchi guruhiga shaharlar markazi va rejaviy rayon 
markazlari hududlari kiradi. Bu hududlarda joylashgan turar-uylarning birinchi 
qavatida, shahar xizmat ko‘rsatish xonalari joylashadi. Bular savdo markazlari, yirik 
universal do‘konlar, transport va boshqa agentliklar, ma’muriy idoralar bo‘lishi 
mumkin. Ikkinchi va uchinchi guruh hududida joylashgan turar-uylar birinchi 
qavatining yechimi faqat xizmat ko‘rsatuvchi idoralarning funksional tarkibi bo‘yicha 
emas, balki ularning masshtabi va hajmiy tuzilmasi bo‘yicha farqlanadi. 
Turar-uylarning birinchi qavatida joylashgan idoralarning funksional ahamiyati 
va o‘lchamiga ko‘ra, ular rejalanadi va konstruktiv tizimi qabul qilinadi. Turar-
uylarning birinchi qavatida ko‘pincha joylashtiriluvchi xizmat ko‘rsatuvchi idoralar 
asosiy xonalarining joylashuv sxemalaridan bir nechtasini sanab o‘tish mumkin. 
Xizmat ko‘rsatish xonalari odatda, balandlik bo‘yicha bir yoki ikki qavatni band 


108 
qiladi, tarhda esa ular uchun uy ostida joylashgan fazoviy qism (qurilgan xona), yoki 
turar-uyning tarz qismiga qurilgan hajm qo‘shiladi (qo‘shimcha qurilgan xona). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin