94
Bunday seksiyalar blokirovkasida murakkab konfiguratsiyali uzluksiz tuzilmalar
yaratilishi yoki nuqtali uylarda qo‘llanilishi mumkin.
Burchakli seksiya hozirgi
paytda kam ishlatiladi, chunki yaxshi tarhiy rejali xonadonlarni tashkil etish qiyin,
iqtisodiy tarafdan tejamkorlik kam va qurilmasi qiyin.
Chekkali
(torest) seksiyalar uy chekkalarida joylashadi.
Seksiya devorlaridan
biri qo‘shni qatorli seksiya bilan bloklashgan bo‘lishi kerak. Bu seksiyalar turlicha
yechimga ega bo‘ladi (4.18-rasm).
Eng oddiy yechim – bu chekkadagi tashqi devor konstruksiyasining o‘zgarishi
bilan seksiyalarning qatorli qaytarilishidan tashkil topadi. U yaxlit devor (deraza
tuynuklarisiz) yoki deraza tuynuklari o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Ko‘ndalang yon
tomonda lodjiyalar yoki balkonlarni ham joylashtirish mumkin.
4.18-rasm.
Chekkali seksiya:
a – qatorli seksiya tarhiy yechimi o‘zgartirilmagan holda; b - qatorli seksiya tarhiy
yechimi o‘zgartirilgan holda.
Qatorli seksiyaning chekkali qismi tarhini o‘zgartirish bo‘yicha radikal
yechimlar ham ma’lum. Seksiya gabaritlarini saqlab
va xonalar sonini oshirgan
holda, faqat chekkali xonadon tarhiy yechimini o‘zgartirish ham mumkin,
xonadonlar sonini oshirgan holda seksiyalar tarhiy yechimini ham o‘zgartirish
mumkin.
95
Bir seksiyali uylar.
O‘rta qavatli bir seksiyali uylar vertikal kommunikatsiyaning
faqat bitta zinapoya tuguniga va bino tarhida kichik o‘lchamga ega bo‘ladi. Turar-uy
tarhiy yechimida Turar-joy xonalarini gorizontning barcha tomonlariga qaraganligi
bilan, tashqi devorlar perimetrining
oshganligi bilan farqlanadi, shunga ko‘ra uy
insolyatsiyaning maqbul sharoitlariga ega bo‘lib, xonalarda tabiiy shamollatish juda
yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘ladi. Bir bo‘linmali yoki nuqtali turkumda bir qavatda
to‘liq 4 xonadonni joylashtirish mumkin.
Qulayligi shundaki, unda kam va o‘rta
xonali xonadonlarni ham joylashtirish mumkin. Shuning uchun bu turkum
universaldir.
O‘rta qavatli bir seksiyali uylar past qurilishlarda ishlatiladi, u ko‘p seksiyali va
blokli uylar bilan shaharsozlikdagi badiiy qiyofaning (siluetning) turli – tumanligini
ta’minlash uchun, qurilishlarda balandlik aksentini yaratishda,
ayniqsa murakkab
relyefli uchastkalarda, hamda yuqori qavatli shahar qurilishlarida qo‘llaniladi. Ko‘p
qavatli bir seksiyali uylardan farqli ravishda, o‘rta qavatli uylar tarhiy yechimi oddiy
va har bir qavatda kam xonadonlar soniga ega. Ko‘p qavatli bir seksiyali uylar
uchun esa, lift o‘rnatish
zaruriyati sababli, har bir qavatda ko‘proq xonadonlar
joylashuvi xarakterlidir (4.19-rasm). Ammo 3-5 qavatli uylarda bular o‘zini
ko‘rinishini yo‘qotadi, bino balandligining uzunligiga nisbati (proporstiyasi) kubga
yaqinlashib qoladi. Shuning uchun bunday turkum o‘rta qavatli uylarda o‘z
ahamiyatini yo‘qotadi. Asosan bu turkum ko‘p qavatli uylar qurilishida ishlatiladi.
Ko‘p seksiyali turar-joy binolari asosiy tiplarining hajmiy-tarhiy strukturasi.
Bino hajmiy-tarhiy strukturasining elementlari deb hisoblanadigan seksiyalarning bir
nechtasini bloklashtirish yo‘li orqali ko‘p seksiyali turar-joy binolari shakllantiriladi.
Seksiyalarni qatorli, burchakli hamda oxiri yon tomon (chekkali)
bilan tugaydigan
yoki tugamaydigan tarzda loyihalashtiriladi.