Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

5.5-rasm. 
Toshkent shahridagi har uch qavatda o‘z hovlisiga ega 16 qavatli 
galereyali uy. Arx. O. Oydinova. Binoning umumiy ko‘rinishi, tarhi va qirqimi. 
Turar-uyning uzun tarzi bo‘ylab joylashgan peshayvon (kengligi 1,2 m), 
mo‘’tadil iqlim sharoitida qo‘llanilishi, yozgi issiq temperatura sharoitida kun bo‘yi 
juda isib ketadi, bu xonadonlarning ham isishiga olib keladi, shuning uchun, janubiy 
hududlarda, ayniqsa, turar-uyning g‘arbiy tarzlarida peshayvonlar o‘rnatish tavsiya 
qilinmaydi (5.6-rasm). Bunday sharoitda binoning tarz qismiga quyoshdan to‘suvchi 
qurilmalardan foydalaniladi. 


115 
 
5.6-rasm. 
Ayvon orqali shamollatish ta’minlangan 
seksiyali Turar-joy uyi.
A - ayvon orqali kirish joyidan iborat to‘rt xonadonli 
seksiya. Arx. V. Dmitriev. b – xonadonlarlararo 
ayvonga ega 2 sathli xonadonlardan iborat Turar-
joy seksiyasi.
 
Shamollatish hal bo‘ladi, bulardan tashqari xonadonlar ikki tarafga qaragan 
bo‘ladi. Bu bilan oriyentatsiya masalasi ham hal bo‘ladi. Bu xildagi uylarning 
qurilishida hech qanday qarshilik yo‘q. Yo‘lakli uylarda xonadonlarni 3- qavatga 
joylashtirish mumkin, bunda iqtisodiy tomondan ancha yutish mumkin. Ammo bu 
turkum faqat ko‘p xonali xonadonlar uchun qulaydir. Yo‘lakli uylarda xonadonni 2 
qavatga joylashtirish ancha yo‘lakni qisqartirtirishga olib keladi. 
Yo‘lakli turar-uylar iqtisodiy afzalliklarga ega, chunki ularda katta masofada 
joylashgan (80 m gacha) qimmatbaho liftlar va zinapoya kataklari xarajatlari 
kamayadi. Yo‘lakli turar-uylarning konstruktiv asosi sifatida ko‘tarib turuvchi tizim 
xizmat qiladi, u ko‘ndalang joylashgan rigelli ko‘ndalang devor yoki ustunlardan 
tashkil topgan. Ko‘tarib turuvchi konstruktiv unsurlar orasi keng qadamli bo‘lganda, 
bu joyga xonadon ichidagi bir marshli zinapoya bemalol joylashadi. Mayda 
qadamlarda xonadon ichidagi zinapoya konstruktiv o‘lchamga mos shaklda bo‘lishi 
kerak. Bo‘ylama ko‘tarma devorlardan ham shu yo‘sinda foydalanish mumkin. 
Yo‘lakli uy tarhiy yechimi asosi sifatida gorizontal kommunikatsiyalar xizmat 
qiladi, bular xonadonlarga olib boruvchi yo‘laklardir. Yo‘laklar soni va uy 
qirqimidagi joylashuvi bo‘yicha, ko‘p sonli variantlar ma’lum markazda yoki bir, 
ikki, uch va xatto to‘rt qavat oralab, uy qirqimi o‘qi bilan birga joylashgan.


116 
Yuqorida ko‘rsatilgan turkumdan tashqari yo‘lakli va galereyali xonadonlar 
loyihasi ham qo‘llaniladi. Bunday sharoitda ikki qavatga bir xonadan joylashtiriladi. 
Bir qavatga joylashgan yo‘lakli xonadonlarga nisbatan bunday xonadonlarda yelvizak 
masalasi oson yechiladi, hamda to’g‘rima - to‘g‘ri shamollatish hal bo‘ladi, bulardan 
tashqari xonadonlar ikki tarafga qaragan bo‘ladi. Bu bilan oriyentatsiya masalasi ham 
hal bo‘ladi. Bu xildagi uylarning qurilishida hech qanday qarshilik yo‘q. Ammo bu 
turkum faqat ko‘p xonali xonadonlar uchun qulaydir. Yo‘lakli uylarda xonadonni 2 
qavatga joylashtirish yo‘lakni ancha qisqartirishga va iqtisodiy jihatdan tejamkorlikka 
olib keladi (5.7-rasm).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin