Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
 
 


119 
II-QISM. JAMOAT BINOLARI 
Kirish 
 
Jamoat binolari va jamoat funksiyalari so‘nggi chorak asr davomida murakkab 
evolyutsion jarayonlarni boshdan kechirdilar. Ularning rivojlanish dinamikasi bir qator 
omillar, shu jumladan iqtisodiy omillar bilan belgilangan. Jamoat binolari va inshootlar 
qurilishi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlangan edi: alohida joylashtirilgan noyob 
jamoat binolari qurilishi; ko‘p qavatli turar-joy binolariga yondosh (ularning ichida) 
xizmat ko‘rsatish bloklarining qurilishi; mavjud binolar rekonstruksiyasi (bunda 
ob’yektning tashqi qiyofasi minimal o‘zgartirilgan holda amalga oshiriladigan 
funksiyalar va konstruksiya transformatsiyasi ko‘zda tutilar edi). 
XX va XXI asrlar chegarasida qaror topgan ijtimoiy munosabatlar muvofiq 
hajmlar, inshootlar, jamoat binolari qurilishini taqozo qildilar. Asrlar chegarasidagi 
polivalent ishbilarmonlikka o‘tish byuro va ofislarning universal binolarini birinchi 
o‘ringa olib chiqdi. 2000-yillarning boshida yirik savdo markazlar paydo bo‘ldi, 
so‘nggi yillarda ijtimoiy ahamiyatga ega ob’yektlarni loyihalash va qurish 
tendensiyasi kuzatilmoqda. Shaharlarning uzluksiz va barqaror rivojlanishi, nafaqat 
tarixiy-madaniy meros ob’yektlarini, balki tarixiy qaror topgan muhitni saqlab 
qolinishi yangi iqtisodiy munosabatlar bilan birgalikda yangi tipologik tuzilmalar 
rivojlanishi uchun turtki bo‘lib xizmat qildi. Jamoat binolari va inshootlarini 
me’moriy loyihalanishining tahliliga ko‘ra, tarixiy markazlar rekonstruksiyasi ham 
juda muhim va alohida hal qilinadigan muammolar sirasiga kiritildi. 
Ushbu muammoni hal qilish uchun uning tarkibiga quyidagi prinsiplar kiradi: 
- mavzelarning tarixiy qaror topgan rejaviy tuzilmasini saqlab qolish; 
- har bir mavzeni yakunlangan ob’yekt va yaxlit tuzilma birligi sifatida talqin 
qilish; 
- mavjud ob’yektlarni yangi funksiyalar uchun rekonstruksiya qilishda 
shaharsozlik karkasi asosini tashkil qiluvchi binolarni saqlab qolish; 
- kompozitsiyani ochiq va yopiq bo‘shliqlar mujassamligi asosida tuzish; 
- binolar qavatliligini cheklash, attik qavatni chuqurlashtirish; 


120 
- imoratlar qurilishining modullash (o‘zgartirish) va yagona masshtabda 
bajarish; 
- ichki hajmlarni yagona prinsip – yer osti sath bo‘ylab savdo ko‘chasi bilan 
birlashtirilgan atriumlar asosida tashkil qilish; 
- yer usti transporti faqat savdo muassasalari va umumiy ovqatlanish 
korxonalariga yer ostida xizmat ko‘rsatishda qo‘llaniladi; 
- binolar o‘z mohiyatiga ko‘ra ko‘p funksiyali komplekslar bo‘lib, ularning 
tarkibidagi turar-joy maydonlari taxminan 20% ni tashkil etadi. 
Ushbu metodga asoslangan holda tashkil etilgan tarixiy markaz hududning 
kompleks funksional zonalanishi hisobiga muvozanatlashgan universal, o‘zini o‘zi 
ta’minlovchi avtonom tizimga aylanadi. Bu tizim, turli funksional bloklarga ega 
ob’yekt kabi, davr taqozosi va talablariga muvofiq turli sharoitlarga oson 
moslashuvchi muayyan o‘zgaruvchan tuzilmadir. Bunday tuzilmaning butun 
shaharga nisbatan va kelgusidagi kommunikativligi aynan uning universallikka 
asoslangan holda amalga oshiriladi. Biron bir, hattoki, eng dolzarb hisoblangan 
funksiyaga ko‘proq e’tibor berilishi shaharga xizmat ko‘rsatish tizimiga salbiy ta’sir 
o‘tkazilishiga olib keladi. Ta’kidlash zarurki, u yoki bu ijtimoiy funksiyaga bo‘lgan 
ehtiyoj doim ham kuchli bo‘lmaydi, lekin, yaxlitlik va to‘laqonli faoliyat buzilishiga 
yo‘l qo‘ymaslik maqsadida u umumiy tuzilmada mavjud bo‘lishi lozim. 
Ob’yektlarning qo‘shni bino va inshootlar funksiyalari, konstruksiyasi va shaklini 
inobatga olmasdan turib joylashtirilishi, ushbu tarkibiy qismlarning jamoat 
markazidagi mutanosibligiga rioya qilmaslik (nuqtali, ya’ni alohida joylashtirish 
prinsipi) – tarixiy yadro va umuman shaharning buzilishiga sabab bo‘ladi. Ijtimoiy 
funksiyalarning barchasi – diniy, ta’lim, tomosha, moliyaviy-kredit, axborot 
ta’minoti, maishiy va transport xizmat ko‘rsatish, boshqaruv, reabilitatsiya, 
ovqatlanish, savdo-sotiq – ushbu yangilanish jarayonini aks ettiradilar. Aynan 
shunday o‘zaro ta’sir va o‘zaro bog‘liqlik shahar faoliyati to‘laqonli bo‘lishini, ya’ni 
merosning o‘z mohiyatiga ko‘ra tarixiy-madaniy qiymatga ega ekanligini va aholi, 
ma’muriyat, investorni qoniqtiradigan funksionallik darajasini ta’minlab beradi.


121 
Jamoat binolarining arxitekturasi turli omillarga bog‘liq holda shakllanadi, 
uning turi esa bino arxitekturasi rivojlanishini belgilab beruvchi dastlabki shart 
hisoblanadi. Jamoat binosining me’moriy tipologiyasi iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy-
madaniy omillar bilan bir qatorda, aniqrog‘i, ular asosida me’moriy asarning badiiy 
qiyofasini shakllantiradi. Oxirgi yillarda ob’yektlarning tipologik qatori ma’lum 
darajada o‘zgardi: binolarning yangi tiplari paydo bo‘ldi; ko‘p funksiyalilik odatiy 
hol sifatida qabul qilindi; inshootlarda universal foydalanish uchun mo‘ljallangan 
hajmlar loyihalash tatbiq etildi. Binolarning qaror topgan me’moriy tipologiyasining 
ijtimoiy o‘zgarishlarga bo‘lgan munosabati doimiy dolzarblik kasb etdi. 
Tipologiya
– turli bino va inshootlar arxitekturasining shakllanish prinsiplari 
to‘g‘risidagi fan. U kompleks, bir-biriga bo‘ysunuvchi talab va parametrlarni ochib 
beradi, bino va inshootlar tiplarining tasniflanishi va nomenklaturasini yaratib beradi. 
Barcha jamoat binolari va inshootlarining arxitekturasiga universal omillar: ijtimoiy, 
iqtisodiy, mafkuraviy, ekologik, shaharsozlik, funksional, kompozitsion, hajmli-
rejali, 
konstruktiv, 
me’moriy-badiiy 
omillar 
ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Jamiyat 
rivojlanishining, xususan, chuqur ijtimoiy ahamiyatga ega arxitekturaning 
rivojlanishining turli davrlarida yuqorida qayd etilgan omillarning o‘sha davr uchun 
xos bo‘lgan turlari ustuvor mavqega ega bo‘lgan. Bu omillarning etakchi roli 
to‘g‘risidagi bahs-munozaralar ana shu tarkibiy qismlarning o‘zaro ta’siri va oqilona 
mujassamligi binoning tugallangan tipini shakllantirishini isbotlab berdi. Har xil 
funksiyalar, konstruksiyalar va shakllarning yagona me’moriy asarda birlashtirilishi 
to‘g‘risidagi fikr Vitruviy qalamiga mansub “Foydalilik. Mustahkamlik. Go‘zallik” 
triadasida keltirilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin