150
VIII-BOB. BINOLARNING TUZILMAVIY TUGUNLARI.
BINOLARNING ASOSIY REJALASHTIRISH ELEMENTLARI
8.1. Jamoat binolari va inshootlarini loyihalashtirishda qo‘llaniladigan atamalar
va ta’riflar
Yer usti qavati
– xonalar polining belgisi erning rejalashtirish belgisidan past
bo‘lmagan qavat.
Chordoq
– tom yopmalari (tashqi devorlar) va yuqori
qavatning orayopmalari
o‘rtasidagi bo‘shliq.
Bolxona qavati (mansarda)
– chordoq bo‘shlig‘idagi qavat, uning fasadi qiya
(yoki siniq shakldagi) tom yuzasidan (qisman yoki to‘liq) iborat bo‘ladi, bunda tom
tekisligi va fasadning kesishish chizig‘i mansarda qavatidagi pol sathidan 1,5 metrdan
katta bo‘lmasligi zarur.
Yerto‘la qavati
– xonalaridagi pol sathining belgisi
erning rejalashtirish
belgisidan xonalar balandligining yarmisidan kattaroq chuqurlikda joylashgan qavat.
Poypesh (sokol) qavati
– xonalaridagi pol sathining belgisi erning rejalashtirish
belgisidan xonalar balandligining yarmisidan kamroq chuqurlikda joylashgan qavat.
Texnik qavat – muhandislik uskunalarini joylashtirish
va kommunikatsiyalar
yotqizish uchun mo‘ljallangan qavat. Uning balandligi 1,8 metrdan kam bo‘lsligi
lozim. Texnik qavat binoning pastki (texnik yerto‘la), yuqori (texnik chordoq) o‘rta
qismi qismida joylashtirilishi mumkin.
8.2. Binoning tuzilmaviy tugunlari
Yuqorida qayd etilganidek, jamoat binosi ichidagi barcha jarayonlarni, ularning
turi qanday bo‘lishidan qatiy nazar, umumiy ko‘rinishda
umumiy, o‘ziga xos
va
yordamchi
jarayonlarga ajratish mumkin. Ushbu jarayonlar
normal kechishi uchun
jamoat binosida muayyan
tuzilmaviy tugunlar
mavjud bo‘lishi lozim. Har bir jamoat
binosi quyidagi tuzilmaviy tugunlardan tashkil topgan:
- binoga kirish xonalari guruhi: tamburlar, vestibyullar, garderobxonalar;
151
- asosiy xonalar guruhi: turli funksional vazifalar uchun mo‘ljallangan zallar,
auditoriya va sinflar;
- yordamchi va qo‘shimcha xonalar guruhi, sanitariya bloklari;
- texnik xonalar guruhi: qozonxonalar,
ventilyatsiya kameralari, nasoslar, suv
o‘lchagichlar uchun xonalar, liftlarning mashinalar bo‘linmalari;
- gorizontal kommunikatsiyalar: yuqorida sanab o‘tilgan
xonalar guruhlarini
yagona karkasga birlashtiruvchi galereya, foye, xoll va yo‘laklar;
- vertikal kommunikatsiyalar: zinapoya, pandus, lift, eskalatorlar.
Dostları ilə paylaş: