Toshkent arxitektura qurilish universiteti qurilish materiallari sanoatida innovatsion texnologiyalar



Yüklə 306,71 Kb.
səhifə1/13
tarix02.12.2023
ölçüsü306,71 Kb.
#171643
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
govak toldiruvch


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH UNIVERSITETI
Qurilish materiallari sanoatida innovatsion texnologiyalar fanidan


MUSTAQIL ISH


Mavzu: G’ovak to’ldiruvchilar

Guruh:________________
Bajardi:_______________ Tekshirdi:______________




TOSHKENT 2023-yil
MAVZU: TABIY VA SANOAT CHIQINDILARI ASOSIDAGI G’OVAK TOLDIRUVCHILAR
Reja
1.Vulqon ko‘rinishidagi to‘lliruvchilar. Cho‘kindi tog‘ jinslari asosidagi to‘lliruvchilar.
2.Boyitilgan g‘ovak to‘ldiruvchilar. Sanoat chikindilari asosidagi to‘lliruvchilar. Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar.
3.Metallurgiya shlaki. Yokilg‘i shlaki. Kul va kul- shlakli aralashmalar.
4.Yogoch chikinlilari va boshka sanoat chikindilari asosidagi to‘ldiruvchilar.

Turli g‘ovak tog‘ jinslaridan yengil betonlar uchun yaroqli to‘ldiruvchilar ishlab chiqariladi. Bu to‘ldiruvchilar ham kerakli mustahkamlikka ega bo‘lib, zich tog‘ jinslariga nisbatan mustahkamligi past bo‘lishiga qaramay, talabdagi sinfdagi beton olish uchun yetarli.


G‘ovak to‘ldiruvchilar donasi yirikligi bo‘yicha qum (5mm gacha) va chaqiq tosh bo‘linadi. Chaqiq tosh esa quyidagi fraksiyalarga bo‘linadi: 5...10mm, 10...20mm va 20...40 mm. CHaqiq tosh quyidagi yiriklik bo‘yicha ham ruxsat etiladi: 5...20mm yoki 5...40mm.G‘ovak to‘ldiruvchilarning asosiy markalari uyilma zichligi bo‘yicha o‘rnatiladi.
Agar uning uyilma zichligi 400 - 500kg/m3 bo‘lsa, bu to‘ldiruvchi 500 markaga mos keladi, uyilma zichligi 600 kg/m3 bo‘lsa, bu to‘ldiruvchi 600 markaga mos keladi va boshqa.GOST 32496-2013 ga asosan g‘ovak chaqiq toshning markasi 300,350,400 va hokazo 1200 gacha 100 kg/m3 oraliqda o‘rnatiladi. G‘ovak qumning markasi 500...1400 kg/m3 ni tashkil yetadi.
Bundan tashqari, yirik g‘ovak to‘ldiruvchilarning markasi uning mustahkamligi bo‘yicha ham o‘rnatiladi, ya’ni silindrda maydalanishdagi mustahkamligi bo‘yicha aniqlanadi. G‘ovak to‘ldiruvchining mustahkamligini betonda sinash orqali aniqlash maqsadga muvofiqdir. Standart bo‘yicha g‘ovak to‘ldiruvchilarni turli markalari bo‘yicha yengil betonlarda qo‘llash tavsiya etilgan. Shu sababli to‘ldiruvchilarning asosiy xususiyatlari va ularni betonlarda qo‘llash bir- biri bilan bog‘liqdir. Qoidaga asosan, g‘ovak to‘ldiruvchilarning fraksiyalari qancha kichik bo‘lsa, uning donalari zichligi va uyilma zichligi shuncha yuqori bo‘ladi. Bu to‘ldiruvchilarning g‘ovakligi maydalashda kamayishi, ya’ni materialning yirik g‘ovakligi buzilishida yuzaga kelishi bilan tushuntiriladi.
G‘ovak tog‘ jinslarini maydalashda donalari zichligi ortishidan, uning mustahkamligi xam ortadi. To‘ldiruvchi donalari mustahkamligi, u olinadigan tog‘ jinsi mustahkamligidan yetarlicha yuqori bo‘ladi. Shuning uchun, to’ldiruvchilarni ishlab chiqarishda g’ovakli tog’ jinsining siqilishga bo’lgan mustahkamlik chegarasi talab etilgan betonni mustahkamlik chegarasidan 50% dank am bo’lmasligi kerak.
Shag‘alning yumshash koeffitsienti g‘ovak tog‘ jinslaridan olinsa, u holda konstruksion-issiqizolyasion betonlar uchun 0,6 dan kam bo‘lmasligi, konstruksion betonlar uchun esa 0,7dan kam bo‘lmasligi kerak.
Tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar kelib chiqishi bo‘yicha vulqon yoki cho‘kindi bo‘lishi mumkin.

Yüklə 306,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin