Toshkent arxitektura va qurilish universiteti



Yüklə 24,67 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü24,67 Kb.
#179977
jamshid qurilishga kirish fanidan mustaqil ishi






Toshkent arxitektura va qurilish universiteti — oliy oʻquv yurti, 1991-yil 6 mayda Toshkent politexnika institutining arxitektura, sanoat va fukaro qurilishi hamda muhandis qurilish ftlari negizida tashkil etilgan.
Institut bakalaviaturasining kunduzgi va sirtqi boʻlimlarida 14 yoʻnalish boʻyicha 476 bakalavr, 20 mutaxassislik boʻyicha 88 magistr mutaxassislar bitirishi moʻljallangan (2004). Aspirantura, nomzodlik va doktorlik ilmiy kengashi, shuningdek, arxitektura, qurilish materiallari va qurilmalari, bino va inshootlar mutaxassisliklari boʻyicha ixtisoslashgan kengashlar faoliyat koʻrsatadi. Institutda 4 ta ft (meʼmorlik, sanoat va fuqaro qurilishi, muhandis qurilish va iqtisod),27 ta kafedra, 322 professor oʻqituvchi (jumladan 1 akademik, 29 fan doktori va professor, 117 fan nomzodi va dotsent), 168 oʻqituvchiassistentlar ishlaydi (2004). Institutda, shuningdek, "Axborot texnologiyalari va masofaviy oʻqitish markazi", Malaka oshirish fakulteti, "Qurilish sohasida menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakalarini oshirish markazi", litsey (1996), biznes maktab (1999) faoliyat koʻrsatadi. 200 dan ortiq kompyuterlar tarmoqqa ulangan. Instituternet orqali xorijiy davlatlar bilan aloqalar oʻrnatilgan. 13 ta chet el oliy oʻquv yurtlari bilan shartnomalar boʻyicha oʻquv va ilmiy ishlar olib boriladi. Institut qoshida maʼnaviyat va maʼrifat markazi bor. Institut xdyotini aks ettiruvchi muzeyda oʻqituvchi va tsh1abalarning ish koʻrgazmalari tashkil etilib turiladi.



Toshkent arxitektura-qurilish instituti (TAQI) tarixi:
 Bugunga qadar institutda turli sohalar bo‘yicha 35 mingdan ortiq mutaxassislar tayyorlandi va ular mamlakatimizning arxitektura, qurilish va boshqa sohalarni kadrlar bilan ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda 2019/2020 o‘quv yili bo‘yicha fanlar kesimida TAQIda 52 nomdagi darslik, 106 nomdagi o‘quv qo‘llanma va 372 ta o‘quv-uslubiy majmua zamonaviy talablar asosida tayyorlandi. Xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdan asosiy maqsad – institutga chet el investitsiyalarini jalb qilish hamda rivojlangan mamlakatlarning arxitektura va qurilish sohasidagi OTMlarining boy tajribasini o‘rganib, institutda ta’lim sifatini oshirishga erishishdir.


Universitetimizda talaba-yoshlarning taʼlim-tarbiya olishi, turmush sharoitini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Zamon bilan hamohang, taʼlim-tarbiya sohasida ham ularning mustaqil bilim olishi, jahon sivilizatsiyasi durdonalarini o‘rganishi uchun sharoit yaratilgan.


Universitet hududidagi 380 o‘rinli talabalar turar joyi to‘liq taʼmirdan chiqarildi. Qulay va shinam xonalar 2-4 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarning yashash xonalari darslarni bajarish va yashashi uchun zarur bo‘lgan mebel va boshqa jihozlar bilan to‘ldirilgan.joylashtirilgan mebel o‘zining shakli va rangi, shuningdek, ijodiy funksiyasi bilan ajralib turadi. Kitob javonining dizayni va kompyuterlar uchun maxsus ishlab chiqilgan mebel xonalarga o‘ziga xos jiloga ega.

Har bir qavatda oshxona, hojatxona va hammom mavjud. Bundan tashqari, har bir qavat zamonaviy televizor va WiFi qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lib, bu yerda o‘quvchilar mamlakatimiz va jahonda ro‘y berayotgan yangiliklar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishishlari, bundan bahramand bo‘lishlari mumkin.



Bugungi kunda shaharning barqaror rivojlanishini arxitektorlar ishtirokisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Zamonaviy sharoitda me’morchilikning ortib borayotgan roli arxitektura va dizayn faoliyatining turli shakllarini belgilab berdi. Arxitektor rassomni, muhandisni, mehnat, turmush va dam olish jarayonlarining tashkilotchisini uzviy birlashtirgan ijodkor shaxs –jamiyat taraqqiyoti istiqbollarini, atrof-muhitni yaxshilash vazifalarini tushunadigan va qobiliyatli mutaxassis sifatida shakllanadi. Arxitektura va shaharsozlik oldida turgan muammolarni hal qilish.

Ta’lim dasturining davomiyligi 4 yil. Oʻqish davrida talabalar – boʻlajak me’morlar san’at tarixi, arxitektura va shaharsozlik bilan bogʻliq boʻlgan turli fanlarni hamda qurilish mutaxassisliklari bilan bogʻliq fanlarni, xususan, qurilish materiallari, arxitektura inshootlari, arxitektura fizikasi, muhandislik kommunikatsiyalari va boshqalarni oʻrganadilar. Til oʻrganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oʻquv jarayonining muhim qismini amaliy mashgʻulotlar egallaydi. Unda talabalar eng oddiy (yakka tartibdagi turar-joy binosi)dan tortib, murakkab, koʻp funksiyali obyektlar (jamoat markazi, teatr)gacha boʻlgan bino va inshootlarni loyihalash boʻyicha zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega boʻladilar.


Yüklə 24,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin