MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI QARSHI FILIALI DASTURIY INJINIRING YO`NALISHI 1-KURS DI-12-22 GURUH TALABASI XUDAYBERDIYEVA MALIKANING FIZIKA FANIDAN TAYYORLAGAN 4-Mustaqil ishi
Tekis va to’g’ri chiziqli (ya’ni inertsiyasi bilan) harakatlanayotgan (yulduzga nisbatan) sanoq sistemasi inertsial sanoq sistemasi bo’ladi. Agar biron inertsial sanoq sistema boshqa shunday sistemaga nisbatan tezlanish bilan harakatlansa u holda bu sistema noinertsial sanoq sistema bo’ladi. Nyuton qonunlari faqat inertsial sanoq sistemalarida o’rinlidir.
Noinertsial sistemalarda bu qonunlar o’rinli emas.
Masalan, tekis va to’g’ri chiziqli harakat qilayotgan absolyut silliq vagonda m massali shar va bir kuzatuvchi turgan bo’lsin. Ikkinchi kuzatuvchi Yerda vagon o’tadigan joy yaqinida turibdi. Demak, ikkala kuzatuvchi ham inertsial sanoq sistemalari bilan boglangan. Endi Yerdagi kuzatuvchi oldidan o’tish paytida vagon tezlanish bilan harakatlana boshlasa, u noinertsial sistema bo’lib qoladi. Bunda vagondagi shar vagon tezlanishiga teng tezlanish bilan qarama-qarshi tomonga harakatlanadi.
Bunda kuzatuvchilar uchun sharni harakatini ko’raylik. 1. Yerdagi kuzatuvchi uchun shar inertsiya qonuniga buysunib tekis to’g’ri chiziqli harakatini davom ettiradi. 2. Vagondagi kuzatuvchiga shar kuch ta’sirisiz harakatga kelishi ko’rinadi. Shar - ao tezlanish oladi. Kuzatuvchi shu tezlanishni yuzaga keltiruvchi kuchni axtarib topa olmaydi. Bu inertsiya qonuniga ziddir.