Autentifikatsiya va uning turlari. Autentifikatsiya nima ?
Ikki faktorli va ko'p faktorli autentifikatsiyaga misollar.
2019. Ikki faktorli autentifikatsiyani chetlab o'tishning yangi usuli taqdim etildi.
Ko'p faktorli autentifikatsiyadan foydalanish buzg'unchiliklarning 99,9 foizini bloklaydi.
Ikki faktorli autentifikatsiyaning ijobiy va salbiy tomonlari.
Autentifikatsiya va uning turlari. Autentifikatsiya nima?
Autentifikatsiya va uning turlari. Autentifikatsiya nima?
Identification (Identifikatsiya)
Dastlab bu atamani tushunishdan oldin yana bir muhim atamalardan biri bo'lgan atama Identifikatsiya nima ekanligini bilib olish lozim. Buni oddiy tarzda tushuntirishga harakat qilaman. Ko'pgina veb-saytlarga kirganingizda, foydalanuvchi nomini kiritasiz (login). Agarda siz yangi hisob qaydnomasi (profile) yaratmoqchi bo'lsangiz, sizdan identifikatsiyalash uchun foydalanuvchi nomini tanlashingiz so'raladi. Kirish paytida siz kiritadigan foydalanuvchi nomi bu "Identifikatsiya" dir. Bu shunchaki sizning shaxsingizni tasdiqlash usulidir. Yana ham oddiyroq aytadigan bo'lsak siz kiritadigan foydalanuvchi nomi bu barcha ilovalar yoki veb saytlarda so'raladigan login, e-mail yoki telefon raqamini tushunish mumkin.
Autentifikatsiya va uning turlari. Autentifikatsiya nima?
Autentifikatsiya va uning turlari. Autentifikatsiya nima?
Autentifikatsiya (Authentication)
Autentifikatsiya bu sizning foydalanuvchi identifikatoringizni tekshirish uchun foydalanuvchi nomi / foydalanuvchi identifikatori va parol kabi ma'lumotlarini tekshirish bilan bog'liq jarayonni o'z ichiga oladi. Shundan so'ng tizim sizning ma'lumotingizdan foydalanayotganligingiz yoki yo'qligingizni tekshiradi. Global yoki lokal tarmoqlarda bo'lsin, tizim login parollar orqali foydalanuvchi identifikatorini tasdiqlaydi. Odatda autentifikatsiya qilish foydalanuvchi nomi va parol orqali amalga oshiriladi, garchi autentifikatsiya qilishning boshqa usullari bo'lsa ham. Oddiyroq aytadigan bo'lsak, Siz login va parolingiz orqali tizimga kirishga urunishingiz bu autentifikatsiya deyiladi.