Toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə2/7
tarix21.06.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#61991
1   2   3   4   5   6   7
INFOKOM 2-Amaliy

2.1.1 Ishning mazmuni.
Hisoblash ishlari (kompleks topshiriq, kurs ishi va loyihasi, amaliy hisob-kitob) quyidagi ish hajmini nazarda tutadi.

  1. O‘zaruvchan tokning uzluksiz elektr ta’minoti tizimini hisoblash. Amalga oshirilgan hisob-kitoblarga asoslanib uzluksiz o‘zgaruvchan tok elektr ta’minotini tizimini tanlash amalga oshiriladi.

  2. O‘zgarmas tokning uzluksiz elektr ta’minoti tizimini hisoblash. Amalga oshirilgan hisob-kitoblarga asoslanib akkumulator batareyalarini va to‘g‘rilagich qurilmasini tanlash amalga oshiriladi.

  3. Korxona tomonidan iste’mol qilinadigan umumiy quvvatni hisoblash.

  4. Quvvat koeffitsienti korrektorini tanlash.

  5. Himoyalovchi yerga ulash qurilmasini hisoblash. .

  6. Himoya avtomatini tanlash.

  7. 1 - 6 gacha bo‘lgan bandlarni bajarish natijalari bo‘yicha tanlangan uskunalarni ko‘rsatltgan holda infokommunikatsiya elektr ta’minoti tizimining funksional sxemasini tuzish.

Nazorat hisoblash ishlarini, talabalarning mustaqil ishlari uchun hisob-kitoblarni, amaliy mashg‘ulotlarda hisob-kitoblarni bajarishda sillabusda keltirilgan amaliy mashg‘ulotlarni umumlashtirib bajarish bilan cheklanish mumkin.
Hisoblash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar (variantlar) 2.1.4-banddan tanlanadi. Amaliy ishning natijasi elektr ta’minoti tizimining funksional sxemasi va tanlangan qurilmalar hisoblanadi.
2.1.2. Amaliy ishning xajmi va amalga oshirish grafigi.
Hisoblash ishlari 2 ta modul uchun mo‘ljallangan. Ish jadvali xar haftada bir marta o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar jadvali bilan chambarchas bog‘liq. Hisoblash ishlari har bir modul bo‘yicha 5 ta amaliy mashg‘ulotga mo‘ljallangan.
Ikkinchi modulda 1-3 gacha bo‘lgan bandlari bajariladi. To‘g‘ri bajarilgan amaliy ish (talabaning o‘ziga berilgan variantining hisobi, hisob-kitoblarni to‘g‘ri bajarilish, tushuntirish yozuvlari mavjud bo‘lsa) himoyasiz qabul qilinib kredit belgilanadi va uchinchi modulga ruxsat beriladi.
Uchinchi modulda 4 dan 7 gacha bo‘lgan bandlar bajariladi. Amaliy ish uchun ikkinchi modulda qo‘yilgan talablar ketma-ketligi asosida uchinchi moduldagi amaliy ish tekshiriladi va himoyaga ruxsat beriladi. Butun ishni himoya qilish natijalari asosida kredit belgilanadi.
Amaliy ishni bajarishning taxminiy jadvali 2.1-jadvalda ko‘rsatilgan.
2.1-jadval



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin