Toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Dasturlash tillarining yaratilish tarixi



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/21
tarix29.04.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#56673
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
O\'zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommuni

Dasturlash tillarining yaratilish tarixi 


21 

 

Dasturlash tillari asosan 2-jahon urushidan keyin yaratila boshlandi. Ammo 



uning tarixi ancha olis yillarga borib takaladi. 

Arxeologik  qazilmalarda  topilgan  sopol  taxtachada  bundan  3800  yil  oldin 

(eramizdan  1800-yillar)  Vavilonda  foiz  (%)  bilan  boғliq  murakkab  amallar 

algoritmi  keltirilgan.  Unda  aniq  masala  ishlangan  bo‘lib,  agar  bugdoy  yilda  20% 

dan  oshib  borsa,  uning  miqdori  ikki  marta  o‘sish  uchun  necha  yil  va  oy  kerak 

bo‘lishi algoritmi yozilgan. 

XIX asr franso‘z kashfiyotchisi Jozef Mari Jakkard 1804 yilda yupqa mato 

ishlab  chiqish  jarayonida  stanoklar  uchun  perfokartani  eslatuvchi  tasma  ishlatgan 

va shu bilan perfokartaga asos solgan edi. 

1836 yildan ingliz Charlz Bebbidj hozirgi kompyuterlarning bevosita avlodi 

bo‘lmish  analitik  mashina  ishlab  chiqishga  kirishdi  va  bu  masalani  nazariy  hal 

qildi.  Bu  mashinaning  asosiy  xususiyati  uning  dastur  asosida  ishlashi  va  hisob-

kitob natijalarini «eslab» qolishida edi. 

1843  yilda  ingliz  matematigi  Ogasta  Ada  Bayron  (Lavleys)  –  shoir  lord 

Bayronning  qizi  –  analitik  mashina  buyruqlar  asosida  ishlashi  kerakligini 

ta‘kidladi.  U  berilgan  shartlar  bajarilmaguncha  qadamlar  ketma-ketligini 

ta‘minlovchi  buyruqlarni  yozdi.  (Bu  hozirgi  kunda  takrorlash  (sikl)  operatori 

deyiladi). Bu bilan u dasturlash va uning tiliga asos soldi. 

Mazkur va boshqa kashfiyotlar, kompyuter bevosita yaratilgach, unga zarur 

bo‘lgan til yaratish talabini qo‘ydi. 

Dunyo  odamlari  urtasidagi  munosabatda  yagona  til  bo‘lmaganidek,  xilma-

xil  kompyuterlarning  yaratilishi  va  ularning  turli  sohalarda  qo‘llanilishi,  yagona 

dasturlash tilini yaratish mumkin emasligini ko‘rsatdi. 


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin