Toshkent axborot texnologiyalari


Biznes-rejaning mohiyati va vazifalari



Yüklə 448,5 Kb.
səhifə2/14
tarix09.12.2022
ölçüsü448,5 Kb.
#73417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
otabek

Biznes-rejaning mohiyati va vazifalari

Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishi bilan korxonalarda ishlab chiqiluvchi oldingi texnika-sanoat-moliya rejalari, qurilish-moliya rejalari, transport-moliya rejalari tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqib o’z o’rnini biznes-rejalarga bo’shatib berdi. Biznes-rejada biznes falsafasi, korxonaning joriy va istiqboldagi strategiyasi aks ettiriladi.
Ko’pchilik, ayniqsa, amaliyotchilar ushbu hujjatni tayyorlashning nafaqat muhim, balki juda murakkab ekanligidan ham xabardorlar. «Bir lahzada tayyorlanuvchi biznes-reja» kitobi mualliflari Gustav Berl va Pol Kirshnerning «biznes-rejaga ega bo’lib, siz professionalga aylanasiz, o’z biznesingizni rivojlantirishingiz mumkin bo’ladi»,- deb aytganligi bejiz emas, albatta. Haqiqatdan ham, biznes-reja bu biznes ummonidagi mayoq, biznesning hozirgi va kelajakdagi holatining suratidir. U yangi paydo bo’layotgan biznesning yuragidir.
Ko’ngildagidek ishlab chiqilgan biznes-reja ishlab chiqarishni faol rivojlantirish va shu bilan bir paytda uning dinamikasini nazorat qilish, investorlar, hamkorlar va kredit resurslarini jalb qilishni amalga oshiradi. Eng asosiysi, u yoki bu ishlab chiqarishga pul kiritish joizmi, barcha xarajatlarni qoplaydigan miqdorda daromad olinadimi,- degan savollarga javob beradi. To’g’ri, biznes-reja faqat shu bilan cheklanib qolmaydi, chunki u funksional vazifalariga ko’ra ishlab chiqarishni tashkil qilish, texnika va texnologiyalar, korxonaning moliyaviy rejalari bilan bog’liq muhim masalalarni hal qilishga qaratiladi.
Aytish kerakki, biznes-reja xo’jalik boshqaruvi vositasi sifatida mamlakatimizdagi korxonalar ish amaliyotiga ko’ngildagidek tez kirishib ketgani yo’q. Masalan, oz fursat davomida turli yondashuv va nuqtai nazarlarning mavjudligi biznes-rejalarning ahamiyati va mohiyatiga ham, ularni ishlab chiqish usullariga ham aniqlik kiritmagan. Ayniqsa, iqtisodiy islohotlarning dastlabki yillarida zarur ilmiy-uslubiy adabiyotlarning yetishmasligi o’z ta’sirini ko’rsatdi. Shu va boshqa sabablarga ko’ra ko’plab korxonalarning biznes-rejalari yuqorida darajada asoslanganlik bilan ajralib turmadi va ko’p hollarda bank muassasalari tomonidan ularni moliyalashtirishda inkor qilindi.
Biznesni rejalashtirish bo’yicha xorijiy adabiyotlar oqimining o’sishi ushbu sohaga ma’lum bir aniqlik kiritib, uning ilmiy-uslubiy asoslarini boyitdi. Ayrim mualliflar fikr va mulohazalarini keltirib o’tishga harakat qilamiz.
Masalan, yuqorida aytib o’tilgan «Bir lahzada tayyorlanuvchi biznes-reja» asarida bu savol asosan yakka tartibda o’z biznesini ochish niyatida bo’lgan shaxslarga yo’naltirilgandir. Unda, xususan, «biznes-reja korxonangiz gullab-yashnashi uchun kerakli yo’lni tanlab olishingizga xizmat qiluvchi hujjatdir. Biznesingiz bilan bog’liq bo’lgan eng ahamiyatli holat bu menejmentdir. Qisqasi bu - siz» degan mulohaza oldinga suriladi.
Edvard Blekvellning «Qanday qilib biznes-reja tuzish» asarida ko’rsatilishicha: «Biznes-reja bank yoki boshqa moliyaviy muassasalardan pul olish kerak bo’lganda, shuningdek, aksiyalar emissiyasida foydalaniluvchi rejadir».
1998-yilda Gruzinov V.P. muharrirligi ostida nashr qilingan «Korxona iqtisodiyoti» darsligida qayd etilishicha: «biznes-reja biron-bir tijorat loyihasini amalga oshirish yoki yangi korxona yaratish uchun mo’ljallangan asoslangan xatti-harakatlar yig’indisini ifodalovchi hujjatdir». 1996-yilda Gorfinkel V. L. va Kupryakova E.M. muharrirligi ostida chiqarilgan xuddi shunday kitobda aytiladiki: «tadbirkorlik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Ko’zda tutilgan bitimni rejalashtirishda avvalo qanday summa olishga umid qilish va loyiha umuman kutilayotgan miqdorda foyda keltirishga qodirligiga ishonch hosil qilish lozim».
Biznes-reja quyida keltirilgan uchta asosiy funksiyalarni bajarishga bog’liq degan fikr ham mavjud:

  • biznes yuritish kontseptsiyasini ishlab chiqish;

  • korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash;

  • pul mablag’larini jalb qilish zarurligini asoslab berish.

Yuqorida keltirilgan sharhdan ko’rinib turibdiki, biznes-rejani tuzish zarurati ayrim hollarda o’z biznesini yaratish bilan, ikkinchi holda bank yoki boshqa moliyaviy muassasadan pul olish niyati bilan, uchinchidan esa tijorat loyihasini amalga oshirish, yangi korxona yaratish zarurati bilan asoslanadi.
G’arblik iqtisodchi olimlarning o’z mamlakatlari hukumatlari bilan birgalikda jamiyatda tadbirkorlik ruhini yaratishga harakat qilayotganliklarini tushunish mumkin (Amerikaliklar shiorini eslaylik «biznesmen – millatning oltin fondi»). Shu sababli ular o’z tavsiyalarining aksari qismini yangi ish ochish, o’z biznesi bilan shug’ullanish niyatida bo’lgan shaxslarga yo’naltiradilar.
Biroq shunday bo’lsada, biznes-rejani bank yoki boshqa muassasalar tomonidan korxonaning iqtisodiy holatini yaxshilash va uning ishlab chiqarish salohiyatidan unumliroq foydalanish tashlangan qutqarish vositasi deb tushunmaslik kerak. Gap shundaki, turli maslahatchilar, bankirlar, huquqshunoslar, moliya xizmatchilari, buxgalterlar va boshqalar rejada biznesni ko’rsatish uchun turli nuqtai nazarga ega bo’ladilar. Aynan shu jihat biznes-rejani korxonaning oddiy rejalaridan farqli qilib qo’yadi. Shu sababli biznes-rejani ishlab chiqish birinchidan, qog’ozda qolib ketmasdan amaliyotda qo’llanishi, ikkinchidan, ekspertiza tomonidan rad qilinmasligi va uchinchidan, foydaning o’sishi va korxonaning umumiy moliyaviy holati yaxshilanishiga xizmat qilishi maqsadida o’ziga alohida e’tibor va chuqur o’ylab chiqilgan yondashuv talab qiladi.


  1. Yüklə 448,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin