Biznes-rejani tayyorlash bosqichlari
Mavjud ilmiy va uslubiy adabiyotlar biznes-rejani ishlab chiqish uchun yagona to’g’ri yo’l yo’qligiga alohida e’tibor qaratadi. Biznes-rejaning tarkibi, tuzilmasi, ko’rsatkichlari va boshqa jihatlari, odatda, korxonaning hajmi (quvvati), yo’nalishi, iqtisodiy va moliyaviy holati, shuningdek, gap o’z ishini endi boshlayotgan tadbirkor yoki faoliyat yuritayotgan korxona haqida borayotganligiga bog’liq bo’ladi. Agar gap barcha tashvishlar o’z ishini boshlash va buning uchun zarur bo’lgan boshlang’ich kapitalni, jumladan, bank kerditlari hisobiga shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik haqida borsa, biznes-rejaning mazmuni va uni tayyorlash bosqichlari ma’lum bir (umumiy) ko’rinishga ega bo’lishi, yangiliklar kiritish yoki bankrotlik yoqasida turgan korxona haqida boradigan bo’lsa boshqa ko’rinishga ega bo’ladi. Shunday bo’lsa-da, har qanday biznes-rejada tanlangan biznes konsepsiyasi ochib beriluvchi, taklif qilinayotgan mahsulot, ish yoki xizmatlarning o’ziga xosligini tavsiflovchi, shuningdek, istiqbolda olinishi lozim bo’lgan foyda (daromad) va biznesni kengaytirish aks ettiriluvchi bo’limlar mavjud bo’ladi.
Xo’jalik amaliyotining dalolat berishicha, umuman rejalashtirish, va xususan, biznesni rejalashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda biznes-rejaning loyiha varianti ishlab chiqilib, unda o’tgan yilda erishilgan natijalar tahlili va kelgusi yillar uchun o’z imkoniyatlarini baholash hisobiga dastlabki hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Biznes-reja barcha hisob-kitoblarda belgilangan texnologik jarayonlarga, ichki zahiralardan to’liq foydalanishga asoslanishi hamda zarur hollarda tashkiliy va texnik-iqtisodiy tadbirlar bilan mustahkamlanishi lozim.
Yakuniy maqsadning bittaligiga qaramay, biznes-rejani ishlab chiqishning har bir bosqichi bajarishi lozim bo’lgan belgilangan vazifalar doirasi mavjud. Birinchi bosqichda, asosan, korxonaning iste’molchilarga taklif qilishi mo’ljallanayotgan tovar va xizmatlar tarkibini tanlash (yangi mahsulot, modifikatsiyalangan yoki an’anaviy mahsulot), ishlab chiqarish dasturini bajaruvchi bo’yicha taqsimlash, talab qilinadigan xom-ashyo, material va boshqa zarur vositalar hajmini, shuningdek, tayyor mahsulotni sotish kanallarini aniqlash, mahsulot tannarxi, kutilayotgan foyda va hokazolarni hisob-kitob qilish vazifalari bajarilsa, ikkinchi bosqichda barcha dastlabki hisob-kitoblar birlashtiriladi va korxona biznes-rejasini shakllantirish yakunlanadi.
Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda bevosita biznes-rejani ishlab chiqish va rasmiylashtirish bosqichlariga mufassal to’xtalib o’tamiz.
Biznes rejani shakllantirishni yangi korxonani tashkil etish yoki korxona faoliyatiga muhim o’zgartirish kiritish g’oyasi bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi. Ularni turli darajada yiriklashtirish yoki detallashtirish mumkin (1-rasm):
Missiyani bеlgilash (firma falsafasi) → Loyiha maqsad va vazifalarni ifodalash → Biznеs-rеjani umumiy tuzilmasini bеlgilash → Zaruriy axborotlarni to`plash mе'yorlarini ishlab chiqish → Biznеs-rеjani tuzish (rеjalashtirish jarayoni)
|
Dostları ilə paylaş: |