ningdek, bog‘larda, sayilgohlarda keramik plitka-bruschatkalar
(o‘lchami 20x20sm, qalinligi l,5sm) dan ham foydalaniladi.
Barpo etilgan ushbu yo‘l va maydonchalar o‘z vaqtida nazo-
rat qilinadi. Har yili qisman pardozlash ishlari olib boriladi.
Mukammal pardozlashga har 10 yilda,
favqulodda vaziyatlarda
esa 5 yilda ruxsat beriladi.
34
IV bob. Yashil qurilish kompozitsiyasining asosiy
tamoyillari
Biror-bir hududni ko‘kalamzorlashtirish jarayonida uning
yer maydonlarini nafis landshaft ko‘rinishidagi san’at darajasiga
olib kelish zarur bo'ladi. Buning uchun yashil hududlar barpo
qilishning umumiy tamoyillarini bilish kerak.
Bu tamoyillar, o‘z
navbatida, yer maydonlari qanday tartibdagi, ya’ni uslubdagi
rejalashtirishga ega bo‘lishi kerak, o‘simlik
dunyosining turlari
bo‘yicha joylashishi, ularda gullar to‘lqinning namoyon bo‘lishi,
inson nigohida jonli va jonsiz predmetlaming tovlanib
ko'rinishi, yashil hududlar kompozitsiyasi markazi,
ulaming
o'zaro nisbati va masshtabi, soya va yorug‘likning o‘zaro
nisbati, shuningdek, o‘simlik
dunyosi gullash davrining
davomiyligi, yaproq va nina bargli daraxtlar, butasimon
o'simliklaming nafis ko‘rinishdagi
kompozitsiya hosil qilishi,
o'tsimon o‘simliklar va gullar kompozitsiyasi, maysazorlar
kompozitsiyasi, arxitektura binolari va inshootlaming o‘zaro
uyg‘unlashgan kompozitsiyasidan iborat boladi.
Dostları ilə paylaş: