KIRISH
Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi
kunda olib borilayot-
gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-
lashga xizmat qilmoqda. Barpo etilayotgan uy-joylar, bog‘-
sayilgohlar, yashil xiyobonlaming barchasi ezgu maqsadlar
uchundir. Ma’lumki, mamlakatimizda 2012-yil “Mustahkam
oila yili” va 2013-yil “Obod turmush yili” deb e’lon qilindi.
Yoshlarimizning o‘qib mehnat qilishi uchun imkoniyatlar
eshiklari keng ochildi, ularga zamon talablariga mos keladigan
keng va yorug‘
auditoriyalar, sport maskanlari va uy-joylar
qurib berilmoqda. Ushbu binolar, uy-joylar va umiiman, aholi
yashash hududlari atrofida mahalliy sharoitga mos keladigan
yashil hududlar barpo etilmoqda. Bunday yashil
hududlar atrof-
muhit ekologiyasi uchun ijobiy ahamiyatga ega bo‘lib, havo
tarkibini tozalaydi, yoshlarimizni tabiatni sevib-ardoqlashi va
uning o‘simliklar dunyosini o‘rganishi uchun manzil-u makon
hisoblanadi. Bunday ulkan ishlami bajarishda o‘rmon xo‘jaligi
va ko‘kalamzorlashtirish sohasining ishchi-xodimlari ham faol
qatnashmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakat xalq xo‘jaligini
yanada
rivojlantirishda
soha
mutaxassislari
tomonidan
qo‘shilayotgan hissadir.
Bugungi kunda butun dunyo mamlakatlarida kechayotgan
iqtisodiy
inqiroz dunyo iqtisodiga, biroz bo‘lsa-da, ta’sir
ko‘rsatmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov o ‘zining “Jahon
moliyaviy iqtisodiy inqirozi, 0 ‘zbekiston sharoitida uning oldini
olish yo‘llari va choralari” asarida iqtisodiy inqirozni chetlab
o‘tishning yagona yo‘li barcha sohada yuksak o‘zgarishlar qilisli
ekanini ko‘rsatib o‘tgan. Yoki Islom Karimovning “Tarixi boy,
buguni go‘zal, kelajagi buyuk shahar” asarida mamlakati-
mizning asosiy darvozasi hisoblangan Toshkent shahrida
ko‘kalamzorlashtirish ishlarini zamon talablari asosida amalga
oshirib, unda go‘zal bog‘lar, yashil hududlar barpo etish
kerakligi to‘g‘risida to‘liq
fikr-mulohazalar bildirib, ketajakda
3
bunday ulkan ishlami mamlakatimizning barcha shahar va
qishloqlarida amalga oshirish kerakligi to‘g‘risida aniq ma’lu-
motlar berilgan. Demak, yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘ri-
nib turibdiki, mamlakat iqtisodini, shuningdek, xalq xo‘ja-
ligining barcha sohalarini rivojlantirishda keskin o‘zgarishlar
bo‘lishi zarur. Xuddi shunday ishlarga ko‘kalamzorlashtirish
sohasida ham talab katta.
Bizga ma’lumki, zamin
tabiati shunday yaralganki, uning
tirik mavjudot uchun beradigan saxovati tufayli odamzot va
butun fauna, hayvonot olami oziqlanadi, kiyinadi va eng
asosiysi, uning bag‘rida hordiq chiqaradi, dam oladi.
Ana shu
tabiatning rango-rangligi tufayli Yer yuzida hayot bor, rivoj-
lanish va taraqqiyot bor. 0 ‘z navbatida, tabiatning o‘zi ham
gurkirab tovlanadi, inson aqlini lol qoldirib mo‘jizalar yaratadi.
Masalan, biz yashayotgan diyorda fasllaming almashinuvi,
yashil o‘simliklarining faslga qarab o‘zgarib turishi, barglarining
yoyilishi, turli xil ko‘rinishdagi gullar namoyon qilishi,
bulaming barchasi moviy osmon
ostidagi ona tabiatning
mo‘jizasidir. Shuning uchun ham tabiatga uning ne’matlariga
to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, atrof-muhitni muhofaza qilish
muammosi alohida e’tiborga loyiqdir.
Bizga ma’lumki, ekologik xavfsizlik muammosi allaqachon
milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning,
bashariyatning muammosiga aylanib qolgan. Bugun butun
sayyorada suv ummonidagi abadiy
muzliklaming erib borayot-
ganligi, haroratning ko‘tarilishi atmosferada salbiy o‘zgarishlar
sodir bo‘lishiga olib kelmoqda. Buning oldini olish uchun Yer
yuzini yashil o‘simliklar dunyosiga, gul-u gulzorga burkash
kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: