Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M

4


BIRINCHI BO‘LIM
I bob. Manzarali bog‘dorchilik tarixi
Bizga ma’lumki, Markaziy Osiyoda bog‘-xiyobon san’ati 
ko‘p asrlik tarixga ega. Eramizdan 6-7 asr oldin Murg‘ob, Zaraf­
shon va Amudaryo vodiylari hududida Sug‘diyona, Baqtriya va 
Xorazm kabi o‘lkalar mavjud bo‘lib, ular shimoli-g‘arbiy 
tomondan Hindiston, Eron, Qoshg‘ar, Janubiy Xitoy bilan 
qadimdan umumiy savdo yo‘li orqali bog‘lanib kelgan. XIII asr 
o‘rtalarida 0 ‘rta Osiyoga tashrif buyurgan Marko Polo shunday 
deb yozadi: “Samarqand - g‘aroyib bog‘lar bilan o‘rab olingan 
buyuk shahar, uni tekisliklar o‘rab turadi, unda turli mevali 
o‘simliklar o‘sadi”.
XII-XIII asrlarda Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva 
kabi tarixiy shaharlarimizda ajoyib va ko‘rkam ko‘rinishdagi 
bog‘larimiz bo‘lgan. Bu bog‘larda mahalliy daraxt va buta 
turlari bilan bir qatorda o‘zga yurtlardan: Hindiston, Eron, Misr, 
Arab davlatlaridan manzarali yaproq va nina bargli, shuningdek, 
mevali daraxt ko‘chatlari keltirilib dunyoga mashhur Samar- 
qanddagi Bog‘i Shamol, Bog‘i Eram, Bog‘i Dilkusho, 
Bog‘izag‘on, Bog‘irayhon, Bog‘ibehisht, Bog‘ibaland va boshqa 
bir necha nomdagi ko‘rkam bog‘lar, guzarlar barpo etilgan.
Bunday yam-yashil bog‘larda o‘simlik dunyosi bilan bir 
qatorda har xil turdagi sayroqi qushlar va noyob hayvonlar sayr 
etib bog‘lar husniga husn qo‘shib turgan. Ushbu bog‘larda suv 
havzalari, labi hovuzlar tashkil etilgan. Ularda ohular va tusto- 
vuqlar ko‘paytirilgan. XV asming oxiri - XVI asming bosh- 
lariga kelib, Samarqanddagi bog‘ va xiyobonlarda ekiladigan 
manzarali o‘simliklaming assortimenti ko‘paya boshladi. 
Darvesh Muhammad Tarahan bog‘ida sadaqayrag‘och, sharq 
tuyasi, kumushrang teraklar, shuningdek, Jahonaro bog‘ida 
sarvlar, oqqarag‘ay, mojjevelnik turkumi, majnuntollar ekila 
boshlandi. XVIII asrga kelib 0 ‘rta Osiyoning boshqa xorijiy
5


mamlakatlar bilan savdo-sotiq bo‘yicha aloqalari rivojlanib, 
ko‘pchilik sohalarda yuksak natijalarga erishildi. Shu vaqtdan 
boshlab odamlar gavjum bo‘lgan hududlarda, tarixiy obidalar, 
masjidlar va rasadxonalar atrofida to‘rt burchagiga to‘rttadan 
manzarali daraxtlar o‘tqazilgan.

Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin