Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich


-rasm. B og‘-parklarda gullar kompozitsiyasining ko‘rinishi



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M

1.4-rasm. B og‘-parklarda gullar kompozitsiyasining ko‘rinishi.
10


Bog‘-parklarda manzarali yaproq bargli daraxt va buta turla­
ridan: lola daraxti, yapon saforasi, go‘zal katalpa, kashtan, pira- 
midasimon eman va terak, oddiy eman, shoyi akas, arg‘uvon, 
kumushsimon bargli zarang, majnuntol, jo ‘ka, sadaqayrag‘ocli, 
chetan va doim yashil nina bargli o‘simlik turlaridan sharq 
biotasi, sabina archasi, doim yashil sarv, shakldosh tuya, virgin 
archasi, shuningdek, butasimon o‘simliklardan oddiy va hind 
sireni, magnoliya sulanja, forzitsiya, samshit, yukka, agava va 
yapon behisi. Bir va ko‘p yillik gul turlaridan margaritka
tagetes, lobeliya, axirantes, binafsha, nargis, saltonila, shafran, 
tinyerariya maritima, exevyeriya, irizeniya, salviya, petuniya, 
begoniya va boshqa bir nechta manzarali gul o‘simliklari 
turlaridan foydalanilgan holda, bog‘-parklarda nafis ko‘rinish- 
dagi landshaflga ega bo‘lgan kompozitsiyalar yaratilmoqda. Bu 
esa, o‘z navbatida, bog‘ga tashrif buyurganlarga ko‘tarinki kay- 
fiyat bag‘ishlaydi, o‘simlik dunyosiga bo‘lgan e’tibomi yanada 
oshiradi.
Shuning uchun ham aholi yashaydigan hududlar, shahar va 
qishloqlaming ko‘rkam bo‘lishida manzarali daraxtlaming o‘mi 
beqiyosdir. Bog‘-parklar hududlarini ko‘kalamzorlashtirishda 
joyning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, ushbu 
hududlarga mos keladigan manzarali daraxt va butalami tanlash 
va ekish texnologiyalarini amaliy bilish zarur. Respublikamizda 
aholi turar joylari, sanoat korxonalari, sport inshootlari va o‘quv 
maskanlari atrofini ko‘kalamzorlashtirishda ajoyib kompozitsi- 
yaga ega bo‘lgan, ko‘rkam bog‘-parklar va sayilgohlar Ьафо 
etishda manzarali daraxt va buta turlarini to‘g‘ri tanlash, 
ulaming biologiyasini o‘rganish, manzarali daraxtlaming 
hududlar bo‘yicha tarqalishida va ulaming ekish sxemalarini 
o‘rganishda ushbu fanning ahamiyati kattadir.
Barcha shahar va qishloqlar, aholi yashash hududlari, sanoat 
korxonalari, o‘quv maskanlari va shifoxonalaming yanada 
ko‘rkam bo‘lishi ular atrofida barpo etilgan yashil o‘simliklar 
dunyosi bilan bog‘liq. 
Shuning uchun 
ham 
mustaqil
11


0 ‘zbekistonimizning bugungi hayotida ko‘kalamzor hududlar 
barpo etish eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qoldi. Buning 
uchun esa joylarda bog‘lar va sayilgohlar barpo etishda uning 
zamonaviy landshaft dizaynlari talab etiladi.

Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin