Yuqorida qayd etilgan ishlami bajarish vaqtida texnika
xavfsizligi qoidalariga qattiq rioya qilinadi.
Ko‘kalamzorlashtirilgan joylar atrofida to‘rt burchakli
yo‘lakchalar tashkil etilayotgan vaqtda muhandislik tartib-qoida-
lari va usullariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Yer maydonlaridagi tuproqlami tayyorlashda quyidagi
asosiy ishlar tartibiga rioya qilinishi zarur:
a) uchastkalami tayyorlashda tuproq qatlami donador
bo‘lishi, lekin tuproq loy bo‘lib qotmagan bo‘lishi kerak;
b) yer maydonlari asosiy yer
yuza qismidan pastda qolib
ketmasligi kerak, uning qalinligi 25-30 sm bo‘lib, uni maxsus
og‘irlikdagi katkalarda yoki texnika vositalari, buldozerlarda
aylantirib bostirib qo‘yish kerak. Agar yuqoridagi ishlar bajaril-
masa, maysazorlar yoki ko‘chatlar sug'orilganda yer
sathi pastga
cho‘kib maydonning ko‘rinishi noto‘g‘ri bo‘lib qoladi. Bundan
ba’zan manzarali o‘simliklar ham zararlanadi, natijada yashil
o‘simliklar o‘zining shakli bo‘yicha manzarasini yo‘qotadi;
2.3-rasm. Bog'-parkl.iubi \o4aklar qurish.
v) agar tuproq yuza qismida ohak,
texnika vositalariga
ishlatiladigan har xil moylar (bitum), asfaltli maydon yoki quri-
lishdan qolgan chiqindilar mavjud bo‘lsa, bunday hudud foyda-
lanishga tayyor emas. Ko‘kalamzorlashtirilayotgan maydonlarda
ekish ishlarini o‘tkazishdan oldin har
100-500m2 yer
19
maydonidagi tuproq tarkibidan tahlil uchun olinib tekshirib
ko‘riladi. Agar zarur bo‘lsa, tuproq kerakli miqdorda organik va
mineral o‘g‘itlar bilan boyitiladi. Yer maydonlari yengil usulda
tayyorlanadi. Vertikal rejalashtirish
asosida yer maydonlarida
yangi relyef tashkil qilinadi, natijada har xil yog‘inlardan,
tuproq tarkibini suv va shamol eroziyasidan himoyalab hosildor
tuproqlami saqlab qoladi. Yer osti sizot suvlari ko‘tarilib keti-
shining oldi olinadi. 0 ‘z o‘mida tashkil qilingan vertikal
rejalashtirish tashrif buyuruvchilaming bog‘da bemalol dam
olishlarini ta’minlaydi.
Vertikal rejalashtirish bo‘yicha
ish hajmi va tavsifi ish
joyining tabiiy joylashishiga, aholining joylashish hududiga
bog‘liq holda bajariladi. Yer maydonlari bo‘yicha uchastkalarda
sarf etilayotgan kuch boshqa og‘ir bo‘limlarda ham o‘z o‘mida
safrlansa, yuqori natijaga erishiladi. Pul-mablag‘ (smeta) esa
tejab qolinadi
Yer maydonlariga ish olib borishning texnik-iqtisodiy
samaradorligining ko‘rsatkichlari quyidagicha:
-yer maydonlarida unchalik katta o‘zgarishlar qilmasdan
kichik hajmda ish bajarish;
-yer maydonlaridagi tuproq tarkibida
unchalik yuqori dara-
jada o‘zgarishlar qilmasdan saqlab qolish.
Bog‘-parklarda vertikal rejalashtirish loyihalashtirishning
asosiy uslubi bo‘lib:
-vertikal rejalashtirishning sxemasi;
-loyihalashtirishning profilli uslubi;
-yer maydonlaridagi gorizontal loyihalashtirishda nivelir
syomka ishlarining natijalari.Buning natijasida yer osti va usti
kommunikatsion tizimlari tashkillashtiriladi.
Bog‘-park xo‘jaligida vertikal rejalashtirish ishlarini o‘tka-
zishdan oldin maxsus Bosh reja tuzib olinadi. Ushbu reja
asosida mukammal rejalashtirish ishlari o‘tkaziladi. Bunda:
arxitektura fasad
topshiriqlari va uning qarori; geodezik va
gidrologik materiallar; yer osti kommunikatsion tizimlari va yer
20
bo‘yicha inshootlar; muhandislik qurilish ishlari tizimi va asosiy
daraxt turlarini joylashtirish sxemasi va hokazolar bajariladi.
Bog‘-park xo‘jaligini obodonlashtirishda 1:1000 yoki 1:500
masshtab qabul qilinadi. Asosiy rejalashtirish ishlari yer
maydonlarini har xil chiqindilardan yengil tozalab bo‘lgandan
so‘ng maxsus kartografik-chizmachilik ishlari asosida bajariladi.
Ushbu ishlami bajarishda texnika vositalari: buldozer, greyder-
lar, ekskovatorlar, samosval mashinalar va har xil qo‘lda
ishlatiladigan ish qurollaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: