Bog‘-parklarda yashil hududlar barpo etishdan oldin yer osti
va usti suv zaxiralariga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. Chunki
suv miqdorining yer sathining yuza qismida yoki pastda ko‘p
bo‘lishi ham o‘simliklar dunyosi uchun salbiy natijalarga olib
kelishi mumkin. Shuning uchun mutaxassislar tomonidan bog‘-
parklar barpo qilish hududlarida bu ishlarga qattiq e’tibor
beriladi. Ba’zan esa bizning sharoitlarda yer osti sizot suvlari
yaqin bo‘lgan maydonlarga to‘g‘ri kelib qoladi. Agar hududda
yer osti sizot suvlari yaqin bo‘Isa, u mavjud tuproqlaming fizik
va kimyoviy tarkibini buzadi va natijada o‘simlik dunyosining
о‘sib rivojlanishiga yaxshi sharoit bo‘lmaydi. Shuning uchun
ham tuproq tarkibi me’yorida bo‘lishida yer osti sizot suvlari
sathini e’tiborga olgan holda, yer osti va usti drenaj tizimlari
o‘matiladi.
Dostları ilə paylaş: