Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M

Majnuntol (Salix babylonica L)
Bo‘yi 8-10 m, diametri 50-60 sm bo‘lgan daraxt. Po‘stlog‘i 
bo‘yiga yorilgan, to‘q kulrang. Shoxlari uzun, ingichka bo‘lib, 
ko‘pincha, pastga osilib turadi. Novdasi sariq-yashil yoki 
qizg‘ish rangda. Kurtaklari mayda, o‘tkir uchli, yashil-qo‘ng‘ir 
rangda. Barglari tor lansetsimon, bo‘yi 10-16 sm, eni 1-1,5 sm, 
uchi o‘tkir, cheti mayda tishchali, ayrim vaqtlarda tishsiz. Yosh 
novdasidagi barglari tukli, yuz tomoni tiniq yashil, yaltiroq, orqa 
tomoni oqish yoki zangori rangda. Barg bandining bo‘yi 0,7-0,9 
sm, bezsimon tukli, 15-30 ta yon tomiri bor. Yon bargchalari 
lansetsimon yoki juvoldizsimon, o‘tkir uchli, cheti tishchali. Tkki 
uyli daraxt. Kuchalasi ingichka, kalta bandli, tubida bargchalari 
bor, gullari zich joylashgan, barg yozib bo‘lgandan so‘ng 
gullaydi. Gul yon bargchalari ingichka, tuxum yoki lansetsimon, 
uchki qismi uzun tukli. Bu tol qalamchadan yaxshi ko'payadi.
Majnuntol Mesopotamiyada tabiiy tarqalgan. Kavkazda va 
Markaziy Osiyo respublikalarida manzarali o‘simlik sifatida 
ariqlar, hovuzlar bo‘yiga ko‘p ekiladi. Shox-shabbasi egilib
152


o'sganligidan juda chiroylidir. Uning yana bir turi Xitoydan 
kcllirilgan Matsudan tolidir
Uning barglari to‘q yashil rangda boiib, shox-shabbasi past- 
ga osilib o‘sadi, nihoyatda ko‘rkam. Bulardan tashqari turkum- 
ning Jung‘or toli (Salix songorica Rgl.), Turon toli (Salix 
lurunica Nas.), Tyan-Shan toli (Salix tianschanica Rgl.)kabi 
turlaridan o‘rmonchilikda va ko‘kalamzorlashtirishda keng 
loydalaniladi.
Qrim qarag‘ayi(Pinus Pallasiana)
Balandligi respublikamiz sharoitida 20-25 mga yetadigan
manzarali, nina bargli daraxt. Yorug‘sevar, sovuq va issiqqa 
chidamli, lekin har xil zaharli gazlarga chidamsiz daraxt. Vatani 
Qrim vodiysining tog‘li hududlari. Bugungi kun ko‘kalam- 
/nrlashtirilishida bog‘-parklarda, xiyobonlarda, sayilgoh, o‘quv 
maskanlari, yer maydonlarida keng foydalanilmoqda. So‘nggi 
yillarda 
mamlakatimizda 
ko‘kalamzorlashtirish 
sohasida, 
ttNosan, 
nina bargli daraxt turlaridan foydalanish keng tus olgan.
Shunday daraxt turlaridan biri Qrim qarag‘ayi (Pinus Ralla- 
siana) dir. Vatanida balandligi 20-30 m(40 m)gacha yetadigan, 
bir uyli manzarali daraxt. Shox-shabbalari yoshlik vaqtida 
pirainidasimon, katta yoshda keng soyabonsimon shaklda. Nina 
barglari 2 tadan joylashgan, ninasimon, biroz qayrilgan, uzunligi 
У-1X 
sm, to‘q yashil, juda zich joylashgan. Ushbu daraxt yuqori 
lltonsidli daraxt. Tuproqqa talabchan emas, qumli, ohakli, 
toshloq tuproqlarda ham yaxshi o‘sadi. Qurg‘oqchilikka 
chidamli, yorug‘sevar tur. Ildizlari baquwat bo‘lganligidan 
Hhamolga chidamli.



Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin