Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich


-rasm. Zamonaviy texnika vositasida gazonni kesish



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M

9.3-rasm. Zamonaviy texnika vositasida gazonni kesish.
100


Gazonni kesish faqat tashqi ko‘rinish uchun emas, balki 
begona o‘tlarga qarshi kurashishda ham samarali usuldir. Tkki 
pallali begona o‘tlar ustki qismi kesilgandan keyin qaytadan 
o'sib chiqishi qiyinlashadi. Gazon esa oson o‘sadi, barg va 
ildizidan keluvchi oziq moddalar harakatini tez tiklaydi. TVVi 
pallali o‘simliklar esa yuqori qismini (barglami) tez tiklay 
olmaydi, barglaridan uglevod ololmaydi va ildiz tizimi doimiy 
stressda bo‘ladi.
Gazonni oziqlantirish. Gazonni doimiy kesish va sug‘orish 
tuproq tarkibidagi oziq moddalaming chiqib ketishiga sabab 
bo'ladi. Gazonning doimiy manzaraviyligini saqlash uchun 
inavsum davomida 5-6 marta azotli o‘g‘itlar berib turish kerak. 
Л/.ot bilan 1-oziqlantirish erta bahorda (qorlar erigandan keyin), 
ikkinchisi 1-kesishdan so‘ng va oxirgisi avgustning oxirida 
o'fkaziladi.
9.4-rasm. Zamonaviy gazon kesish texnika vositalarida ishlash.
Azotning me’yori 100 kv.m. ga 300 gr. Masalan, ammiakli 
sclitra (azot miqdori 34,6%) dan foydalansak, 100 kv.m ga 1 kg 
o‘g‘it sepiladi. Fosforli o‘g‘itlar 3 marta beriladi: birinchisi crta
101


bahorda azot bilan birga, ikkinchi si mavsum o‘rtasida va 
uchinchisi kaliyli o‘g‘it bilan sentabming o‘rtalarida beriladi. 
Kaliyli o‘g‘itlar ham 2-3 marta berilishi kerak. Birinchisi erta 
bahorda azot va fosfor bilan birga, oxirgisi sentabr o‘rtalarida 
fosfor bilan birga beriladi. Shxmi esda tutish kerakki, kaliy past 
haroratga chidamlilikni oshiradi va yaxshi qishlashga yordam 
beradi. Kompleks o‘g‘itlardan foydalanish ham yaxshi samara 
beradi (ammofoska, nitroammofoska, azofoska va h.k).
Zamonaviy mineral o‘g‘itlaming gazon uchun maxsus 
ishlab chiqilgan turlari mavjud. Shulardan KEMIR tarkibida 
mikro va makro elementlar mavjud. 100 kv.m. ga 5 kg sepiladi. 
Bundan tashqari, Gollandiya va Germaniyada ishlab chiqariladi- 
gan o‘g‘itlar ham mavjud. Ularga molibdenovo kisliy ammoniy, 
bor kislotasi, rux va mis sulfatlar bilan ishlov beriladi.
Tuproqning kislotaliligi rN 4,5 va undan yuqori bo‘lsa, ohak 
bilan bilan ishlov berish kerak. Buning uchun 100 kv.m. ga 20- 
30 kg maydalangan ohak solinadi. Ohak kech kuzda yoki erta 
bahorda solinadi.
Sport gazonlari o‘t ustida o‘tkaziladigan musobaqalar uchun 
moijallangan maydonlarda barpo etiladi. Bunda sport turi va 
maydondan foydalanish davomiyligiga qarab o‘simliklarning 
botanik tarkibi aniqlab olinadi. Sport gazonlari zich ekilishi, past 
qilib kesilishi, elastikligi hamda tepkilanish va bo‘linishga 
chidamliligi bilan ajralib turadi. 0 ‘yingohdagi o‘tloq ishtirok- 
chilaming erkin harakatlanishi, koptokning yetarlicha sakrashi 
va maydonda harakatlanishini ta’minlashi lozim (ob-havo 
sharoitlari bundan mustasno). Sport inshootlarini loyihalashti- 
rishda namlik sig‘imi va drenaj tizimiga e’tibor qaratish lozim. 
Sport gazonlari o‘yingohlardan tashqari o‘yin va sport maydon- 
larida, oromgoh va maktablar, sportning har xil turlari: golf, 
futbol, o‘t ustida xokkey, katta tennis bilan shug‘ullanish uchun 
yaratilgan dam olish uylarida barpo etiladi.
Faol foydalanishga va tepkilanishga chidamli gazon barpo 
etish uchun o‘tlaming maxsus turlari tanlanadi. Sport gazonlari
102


uchun asosiy o‘t turi sifatida qizil va trostnikovaya ovsyanila, 
o'tloq qo‘ng‘irboshi, yaylov raygrassimosi ishlatiladi. 0 ‘yingoh- 
ning foydalanilishiga qarab gazonni hafiasiga 1 yoki 2 maria 
kcsish mumkin. Sport gazonlarini doimiy parvarishlab turish 
intcnsiv va uzoq muddatli bosimga chidamlilikni ta’minlaydi.
Mavritan gazonlari butun yoz davomida chiroyli gullab 
luruvchi rang-barang maydonlardir. Ular shoxlari yirik, ko‘p 
yillik o‘tlardan va bir yillik gullardan tashkil topadi. Mavritan 
gazonlarining asosiy fonini past bo‘yli (yaylov raygrassi, 
ovsyanita, oddiy va oq polevita, o‘tloq qo‘ng‘irboshi) o‘tlar 
tashkil etadi. Ingliz mutaxassislari tavsiyasiga ko‘ra, o‘tlar 
uralashmasida ovsyanita va polevita bo‘lishi shart.
Aralashma tarkibida, odatda, 10-15 turdagi chiroyli 
gullovchi bir yillik o‘simliklar boiadi. Bular past bo‘yli tur va 
shakllardan: smolevka, qizil va havorang len, vasilka, klarkiya, 
bir yillik delfinium, Xitoy chinniguli, eshsholtiya, gipsofila, 
iberis, nigella, bir yillik kalendula, linariya, o'tloq klevyeri, 
nczabudka, o‘tloq moychechagi va h.k. Ba’zan chiroyli 
gullovchi past bo‘yli ko‘p yilliklar ham ishlatilishi mumkin.

Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin